Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
2008 yilda tug‘ilgan bola otasiga tegishli bo‘lgan Kia Sonet mashinasini tungi vaqtda Navoiy shahri hududida davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarib yurgan. Hududda xizmat olib borayotgan inspektor uni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, bola xodimni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB
Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.
IIV JXD YHXX axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, YTH 19 yanvar kuni soat 1:45 da sodir bo‘lgan. Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet mashinasi haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan.
Ammo haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Inspektor esa hodisa joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida Kia Sonet’ni 2008 yilda tug‘ilgan S.M. boshqargani, mashina uning otasiga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Mashina yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda holat bo‘yicha Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, yo‘l harakati qoidalarini bilmaydigan Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi yo‘lda boshqa fuqaroni urib yuborishi ham mumkin edi. Afsuski, vatan oldidagi burchiga sadoqat ko‘rsatib xizmat qilayotgan YPX inspektori to‘xtash ishorasini bergan vaqtida qoidabuzarlik qurboni bo‘ldi. Keyingi vaqtlarda kattalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga mashina boshqaruvini berish holatlari ko‘p uchramoqda. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Shuning uchun, ota-onalar farzandlarining, qolaversa, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi uchun bunday xatoni qilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi IIV JXD YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov.
Inspektor Jasurjon Muhammadov 1993 yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan. U ichki ishlar organlari tizimida 2017 yildan buyon ishlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyati ekoturizm salohiyatini rivojlantirishda Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 15:47
-
Endi radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jarima qo‘llanmaydi
O‘zbekiston | 15:21
-
OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Jahon | 15:11
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025