Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropaga modifikatsiya qilingan yadroviy aviabombalarini joylashtirdi
NATOga a’zo davlatlar bazalariga B61-12 bombalari joylashtirilgan bo‘lib, ularning har birining quvvati 50 kilotonnaga yetadi. Yangi turdagi bomalardan F-35A, F-15E, F-16 va Tornado qiruvchilari yordamida foydalanish mumkin.

Foto: Flickr
AQSh o‘zining Yevropadagi yadroviy arsenalini yangiladi. «B61-12 gravitatsion bombalari to‘liq joylashtirildi», — deydi Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi (NNSA) rahbari Jill Xrubi.
B61 bombalar oilasi — AQSh yadroviy arsenalidagi eng eski va universal qurol. B61-12 shu vaqtgacha foydalanilgan 3, 4, 7 va 10 variantlari o‘rniga keldi. Mazkur model kichikroq quvvatga ega (50 kilotonnagacha), ammo uning dum tayanchi nishonni ishg‘ol etish aniqligini oshiradi. Bomba samolyotdan tashlansa, nishon tomon avtonom harakatlanishi mumkin.
B61-12 bombalarini ishlab chiqarish 2021 yilda boshlangan. O‘tgan hafta NNSA ushbu bombalarning 9 milliard dollarlik modernizatsiya dasturini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Xrubining ta’kidlashicha, Pentagon oxirgi partiyani dekabrda olgan. Endi NNSA quvvati 360 kilotonnaga yetadigan B61-13 bombalarini yaratishga kirishmoqchi. Uni ishlab chiqarish 2026-moliyaviy yildan boshlanishi kutilmoqda.
Xrubiga ko‘ra, NATO Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan keyin yuzaga kelgan «prinsipial yangi» yadroviy landshaft sharoitida kuchlarini namoyish etmoqda. NNSA rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya so‘nggi bir necha yil ichida «qoidalarni qayta-qayta buzib», strategik barqarorlikka putur yetkazgan. Masalan, Zaporojye AESni egallagan, Belarusga taktik jangovar kallaklarni joylashtirgan, Yadroviy sinovlarni to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiyasini bekor qilgan, yadroviy doktrinani qayta ko‘rib chiqqan va kosmosga yadroviy qurol joylashtirish ustida ish olib bormoqda.
Shuningdek, Xitoydan kelayotgan chaqiriqlar fonida Xrubi Vashington va Londonning mazkur sohadagi strategik sherikligining ahamiyatini qayd etdi. O‘tgan yilning yanvarida AQSh Rossiya tomonidan tahdidlar ortgani sabab Buyuk Britaniyaga yadroviy qurollarni qaytarishga qaror qilgandi. B61-12 bombalarini Saffolk grafligidagi Leykenxit bazasiga joylashtirish rejalashtirilgan. Hozirda u B-2 Spirit strategik bombardimonchilariga o‘rnatilmoqda.
2023 yil holatiga ko‘ra, Yevropada B61 oilasiga kiruvchi eski bombalardan 100 ga yaqini saqlangan. Ular 10-15 tadan Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya va Turkiyadagi bazalarga joylashtirilgan. Yangi B61-12 modelidan F-35A, F-15E, F-16 va Tornado qiruvchilari yordamida foydalanish mumkin.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q

13:25 / 01.08.2025