O‘zbekiston | 15:00 / 18.01.2025
7843
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbek limoni: Turonbankdan yangi tashabbuslar va foydali maslahatlar

O‘zbekistonda limonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Limonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi va tadbirkorlarni nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki ularga limon yetishtirish jarayonida ham turli foydali maslahatlar berib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Turonbank

Xususan, limon yetishtirishga qiziqqan aholi va tadbirkorlarni bir platformada birlashtirish, ularga maslahat berish va sohada tajriba almashuvini ta’minlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “O‘zbek limoni” (https://t.me/Uzbek_limoni) nomli maxsus guruh tashkil etilgan. Bu Telegram guruh limon yetishtirishdagi muammolarni hal qilish, yangi texnologiyalarni targ‘ib qilish, tadbirkorlarga ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatish singari vazifalarni bajaradi. Guruhning yana bir afzalligi qisqa muddat ichida mutaxassislardan onlayn maslahat olish imkoniyatini beradi.   

Shu bilan birga Turonbank tomonidan Tsitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar hamda eksport qiluvchilar uyushmasining ilmiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Nuriddin Faxrutdinov ishtirokida limon ko‘chatlarini tanlashdan tortib, ularni ekish, parvarishlash va hosilini terib olgunga qadar bo‘lgan jarayonlar borasida videodarsliklar ham tayyorlangan.

Quyidagi havola orqali videodarsliklarni tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/playlist?list=PLLdrKpR-DhZjvOQIt2h0HwggkPaPTyMOl

Bundan tashqari, Ustoz AI platformasi (https://apps.apple.com/uz/app/ustoz-ai/id6504815934 ) orqali ham limonchilik bo‘yicha onlayn va bepul o‘quv kurslar yo‘lga qo‘yilmoqda. Kurslar yakunida esa maxsus sertifikat va kasbga ega bo‘lishingiz mumkin.

Har bir ko‘chat kelajakdagi boylik asosidir. Turonbank bilan birga bu yo‘lda dadil qadam tashlang!

Reklama

Mavzuga oid