Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
Shtab har bir loyihaning ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu yil xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 5,2 milliard dollarlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan. Investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi.
Shu munosabat bilan bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihaning ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.
2025 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 1,1 milliard dollar, Islom taraqqiyot banki bilan esa 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Mutasaddilarga ushbu 2 ta xalqaro bank bilan yaqindan ishlab, tumanma-tuman yurib, tadbirkorlar bilan davlat kafolatisiz qilish mumkin bo‘lgan loyihalarni ko‘paytirish topshirildi. Ularga aniq mas’ullar biriktiriladi, mablag‘ jalb qilishda tadbirkorlarga ko‘maklashiladi.
Mamlakatdagi 22 ta erkin iqtisodiy zonada ishga tushgan 589 ta korxona o‘tgan yili 42 trillion so‘mlik mahsulot chiqargan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bor-yo‘g‘i 16 foizi yuqori texnologiyali tovarlar hisoblanadi. Mahsulotlarning atigi 18 foizi tashqi bozorlarga sotilgan, 372 ta korxona umuman eksport qilmagan.
Erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar kiritgan sarmoyasiga qarab imtiyoz olmoqda. Lekin bu mablag‘lar tannarxni pasaytirish, eksportga chiqish uchun xizmat qilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi.
Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi. Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
«Kiberpartizany»: «Aeroflot» tizimi himoyasi «zaif» edi
Jahon | 09:59
-
Samarqandda 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi
Jamiyat | 09:49
-
Sanksiyalar ostida bo‘lgan Matviyenko Jyenevada nutq so‘zladi
Jahon | 09:26
Mavzuga oid

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

16:33 / 18.12.2024
Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi

17:17 / 13.12.2024
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

20:08 / 19.10.2024