«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
16 yanvar kuni «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ochib berdi.

Foto: Senat matbuot xizmati
«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.
«Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, «Gender tenglik faoli» milliy tanlovida ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etilgan. Ular tanlov komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya bo‘yicha quyidagilar g‘olib deb topilgan:
- «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi» – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
- «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi» – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
- «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi» – «Ammofos-Maxam» AJ;
- «Gender tenglik ta’minlashda eng faol hududiy hokimlik» – Xorazm viloyati hokimligi;
- «Gender tenglik ta’minlashda eng faol tuman hokimligi» – Sharof Rashidov tuman hokimligi;
- «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT» – O‘zbekiston Milliy media birlashmasi hamda «Zakovat» intellektual klubi» NNT;
- «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti» – «Akbarjon Barakat»MChJ;
- «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur» – «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi «Yuridik klinika» ko‘rsatuvi;
- «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal» – «Oyina.uz» ma’naviy-ma’rifiy portal;
- «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr» – «Yangi Sirdaryo» gazetasi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
Mavzuga oid

16:05 / 25.06.2025
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025