Venesuela Niderlandiya, Fransiya va Italiyaga nisbatan diplomatik cheklovlar joriy etdi
Ushbu mamlakatlarning Karakasdagi elchixonalari xodimlari uch kishigacha qisqartiriladi. Shuningdek, Venesuelada faoliyat yuritayotgan diplomatlar poytaxtdan chetga chiqish uchun TIVdan ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

Foto: DPA/TASS
Venesuela hukumati Italiya, Niderlandiya va Fransiya elchixonalarining diplomatik tarkibini uch kishigacha qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, 48 soat ichida bajarish talab qilinadigan mazkur qaror yuqoridagi davlatlarning «dushmanlik harakatlari» va «ekstremistik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi» tufayli qabul qilingan.
«Venesuela o‘zining barqarorligi, suvereniteti hamda o‘z sa’y-harakatlari bilan erishgan tinchlik va farovonlik yo‘lini ta’minlash uchun xalqaro huquqqa muvofiq qadamlar tashlashda davom etadi», — deb yozadi mamlakat TIV rahbari Ivan Xil.
Xilning aytishicha, mamlakat Niderlandiya, Fransiya va Italiyaning akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlari sonini uch kishigacha qisqartirgan hamda ularning mamlakat bo‘ylab harakatlanishiga cheklovlar joriy etgan. Endi ular Karakas markazidan 40 kilometrdan uzoqroq joyga borish uchun TIVdan ruxsat olishi kerak bo‘ladi.
Venesuela Vashington ta’siri ostidagi mamlakatlarni BMT nizomida mustahkamlangan suverenitet va o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyillarini hurmat qilishga chaqirgan.
Avvalroq AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinlagandi. 2024 yil noyabr oyi oxirida Qo‘shma Shtatlar Venesueladagi prezidentlik saylovidan so‘ng repressiyalarni amalga oshirganlikda ayblab, 21 nafar venesuelalik amaldorga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

20:31 / 02.07.2025
Rossiya Venesuelada qurol va o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavod ochdi

17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi

15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi

19:10 / 16.04.2025