Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umra xizmatlarini litsenziyasiz reklama qilgan 15 ta turoperator jarimaga tortildi
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida IIV Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qildi.

Foto: Kun.uz
Umra tadbirlarini tashkil etishga oid reklama qonunchiligini buzgan turoperatorlarga nisbatan chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 10 ta turoperator litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan va ularga jarimalar qo‘llangan.
Shuningdek, qo‘mitaning Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami beshta MChJ ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzgan, ularning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shu bilan birga, 10 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilingan.
Avvalroq Namanganda ona-bolani Haj ziyoratiga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ushbu shaxs fuqarolarga turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi MChJ orqali 2025 yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarishga yuborishni va’da qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi
Jahon | 20:58
-
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi
O‘zbekiston | 20:51
-
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi
Jahon | 20:48
-
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
O‘zbekiston | 20:45
Mavzuga oid

12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

07:32 / 25.04.2025