Riga aeroporti uzra noma’lum dronlar qayd etildi
Natijada, ushbu aeroportga uchib keluvchi qator reyslar boshqa havo bandargohlariga yo‘naltirildi. Uchuvchisiz uchish apparatlari tufayli Latviyada parvozlarga uch marotaba cheklovlar kiritildi.

Foto: LETA
Latviya Fuqarolik aviatsiyasi agentligi politsiya va mamlakat Xavfsizlik xizmatiga 13 yanvar kuni Riga aeroporti uzra noma’lum dronlar uchgani yuzasidan ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Delfi.
Qayd etilishicha, uchuvchisiz uchish apparatlari tufayli Latviya havo makonida uch marotaba qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgan. Shuningdek, uchta samolyot boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan: airBaltic aviakompaniyasining Sofiyadan hamda Wizzair’ning Kutaisidan uchayotgan reyslari Vilnyusga yo‘naltirilgan, Helsinkidan havoga ko‘tarilgan Finnair samolyoti esa uchish aeroportiga qaytarilgan.
Dronlarning qayta parvozi vaqtida boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan airBaltic va Wizzair reyslari yo‘lovchilarni yana Rigaga eltish vaqtida aeroport ochilgunga qadar havo makonida kutishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, dronlar sabab Rigadan uchadigan ko‘plab reyslar ham kechiktirilgan.
Aviaregulyatorning hisoblashicha, uchuvchisiz uchish apparatlari qasddan, fuqarolik samolyotlarini xavf ostiga qo‘yish yoki Latviya fuqarolik aviatsiyasi sektori faoliyatini buzish maqsadida uchirilgan bo‘lishi mumkin.
Noma’lum dronlar parvozi bir necha oydan beri butun dunyoda qayd etilmoqda. 2024 yil avgustda Flensburg shahri prokuraturasi Germaniya shimolidagi infratuzilma obektlari ustidan bir necha bor dronlar uchib o‘tganidan keyin tergov boshlagandi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, ular Shimoliy dengizdagi fuqarolik kemalaridan Rossiya agentlari tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkin. Dekabr oyida esa bir nechta dron Germaniyadagi muhim sanoat obektlari hamda Ramshtayndagi AQSh aviabazasi hududida, 2025 yil boshida esa Kopengagen porti yaqinida qayd etilgandi.
Mavzuga oid

18:55 / 21.02.2025
Latviya Seymi rossiyaliklarning ko‘chmas mulk sotib olishini taqiqlovchi qonunni qo‘llab-quvvatladi

17:34 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim tayyorlashga kelishib oldi

23:23 / 10.02.2025
Latviyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

17:18 / 27.01.2025