Ukraina Rossiyaning Harbiy-dengiz floti kemalari Qora dengizni tark etganini ma’lum qildi
RF Harbiy-dengiz floti kemalari Azov va Qora dengizlarni tark etdi. Rossiyalik senator oktyabr oxirlarida Ukraina Qurolli kuchlarining hujumlari sabab Qora dengiz floti «propiskasini o‘zgartirishga» majbur bo‘lganini tan olgandi.

Foto: TASS
Rossiya Harbiy-dengiz flotining kemalari Azov va Qora dengizlarni tark etdi, deb xabar bermoqda Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari. 9 yanvar soat 06:00 holatiga ko‘ra, yuqoridagi akvatoriyalarda RF kemalari bo‘lmagan. O‘rta Yer dengizida esa Rossiyaning yettita jangovar kemasi harakatini davom ettirmoqda, ularning ikkitasi «Kalibr» qanotli raketalarini tashuvchi hisoblanadi.
8 yanvar kuni Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari vakili Dmitriy Pletenchuk Rossiya hujumlar xavfi tufayli anneksiya qilingan Qrimdagi flotini ta’mirlash rejasidan butunlay voz kechganini ma’lum qildi. Uning eslatishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Sevastopol qo‘ltig‘ida kichik raketalarni tashuvchi «Tsiklon» kemasini yo‘q qilgan, «Rostov-Don» suvosti kemasiga ikki marta, Kerchdagi «Askold» kemasiga esa bir marta zarba bergan. «Ushbu misollar rossiyaliklarga Qrimdan kemalarni ta’mirlashda foydalanish imkonsiz ekanini anglatmoqda», — degan Pletenchuk.
Telegramʼdagi «Krimskiy veter» monitoring kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hamon flotining qolgan qismini yarimorolda UQK zarbalaridan yashirishga urinyapti. Inkermandagi «Vtorchermet» prichalida bir nechta harbiy kema payqalgan — bu yerda odatda foydalanishdan chiqarilgan kemalar saqlanadi va metallolom uchun bo‘laklarga bo‘linadi.
Urush boshlangan vaqtda o‘z flotiga ega bo‘lmagan Ukraina raketalar va dengiz dronlari yordamida Rossiya Harbiy-dengiz flotiga tegishli kamida 27 ta kema hamda bitta suvosti kemasini yo‘q qilishga yoki ularga shikast yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. 2022 yil fevralda Qora dengizda suzib yurgan 15 ta desant kema va katerlaridan hozir beshtasi qolgan.
2023 yil sentabrda UQK Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtabiga raketa zarbalarini bergandi. Bundan tashqari, Zmeiyniy orolini qaytarib oldi va Rossiya flotining Qora dengiz shimoli-sharqiy qismidagi «Boyko minorasi» kuzatuv tizimini yakson qildi. «Strategiya XXI» globalistika markazi harbiy dasturlar rahbari I rang kapitani Pavel Lakiychukning baholashicha, hujumlar natijasida Qora dengiz floti jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatini 75 foizga yo‘qotgan.
Oktyabr oxirlarida senator Dmitriy Rogozin Qora dengiz floti «propiskasini o‘zgartirishga» majbur bo‘lganini tan olgandi. Kemalar avvaliga Novorossiyskka ko‘chirilgan, biroq keyinchalik g‘arbning uzoq masofali raketalari hujumi xavfi sabab u yerdan ham olib ketilgan.
Ukrainaliklar Qora dengiz hududida operatsiyalarni o‘tkazishda Magura V5 va Sea Baby dronlaridan foydalanmoqda. Sea Baby 850 kilogrammgacha portlovchi moddani tashiy oladi. Ko‘rinishidan ular motorli qayiqqa o‘xshab ketadi, ammo ko‘zga tashlanmaslik uchun o‘ziga xos maskirovkaga ega. Dronlar AR-ko‘zoynaklar yordamida boshqariladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

13:00 / 17.06.2025
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

12:03 / 17.06.2025
Zelenskiy: Vena Rossiyadan bolalarni qaytarishda vositachilik qilishi mumkin

08:58 / 17.06.2025