Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Top-500"ga kiradigan universitetlar bilan birga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Top-500ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash boshlanadi.
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, top-500ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan 12 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining top-500ga kiradigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlari ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspertiza natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga ega qo‘shma ta’lim dasturlari qabul kvotalari kelishib beriladi.
Bundan tashqari, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish rejalashtirilmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan mehnat bozorining oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talabi o‘rganiladi.
Mazkur ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotdan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish nazarda tutilgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlariga takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 08:30
-
YeI sudi xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati uchun cheklov o‘rnatadi
Jahon | 08:09
-
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
Ko‘chmas mulk | 07:58
-
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

19:19 / 28.07.2025
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi

15:25 / 23.07.2025
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin

15:07 / 19.07.2025
O‘zbekistonda Uels bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etilishi mumkin

10:46 / 18.07.2025