Janubiy Koreyada prezidentni tergov qilishga qaratilgan qonun loyihasi rad etildi
Parlament prezident va uning turmush o‘rtog‘ini tergov qilishga qaratilgan qonun loyihalarini qabul qilmadi. Mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.

Foto: AFP
Janubiy Koreya Milliy assambleyasi (parlament) harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichmentga duch kelgan prezident Yun Sok Yolni tergov qilish va birinchi xonim Kim Kyo Xiga ayblov e’lon qilish bo‘yicha ikkita qonun loyihasini rad etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Yun tergoviga qaratilgan qonun loyihasi qisqa muddatli harbiy holat joriy etishi bilan bog‘liq isyon ayblovlarini tekshirish uchun maxsus prokurorlarni tayinlashi kerak edi. Qonun loyihasi 198 ovoz bilan rad etildi, 101 kishi betaraf qoldi.
Milliy Assambleya, shuningdek, birinchi xonimga qarshi uning birjalarni manipulyatsiya qilish sxemasiga aloqadorligi va nufuzli vositachi orqali saylovga nomzodlarni ko‘rsatishga aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita asosiy ayblovni tekshirish uchun maxsus prokuror tayinlaydigan boshqa qonun loyihasini ham rad etdi. Qonun loyihasi 196 ovoz bilan rad etildi, 103 ovoz qarshi, bir kishi betaraf qoldi.
3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi. Keyinchalik u parlament deputatlari qarshiligi tufayli, harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi. Mamlakatda harbiy holat taxminan besh soat davom etdi.
Shundan so‘ng, parlament prezidentga impichment e’lon qilib, lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Harbiy holat e’lon qilinishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Keyinroq, Yun Sok Yol prezident qarorgohi yonida to‘plangan o‘z tarafdorlariga yozma murojaat yo‘llab, unda «Janubiy Koreyaga tahdid solayotgan davlatga qarshi kuchlarga» qarshi kurashni davom ettirishga va’da berdi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025