WP: Trampning tarif rejalari o‘zgarishi mumkin
AQSh saylangan prezidentining yordamchilari Trampning saylovoldi tarif rejalariga tuzatish kiritishni muhokama qilmoqda, deb yozadi WP. Respublikachining o‘zi bu ma’lumotni «feyk» deb atadi.

Foto: Andrew Harnik/Getty Images
AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning yordamchilari barcha mamlakatlarga taalluqli, faqat muhim importni qamrab oladigan tarif rejalarini o‘rganmoqda. Bu haqda 6 yanvar, dushanba kuni The Washington Post (WP) xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, agar amalga oshirilsa, bu respublikachi ilgari aytgan saylovoldi va’dalaridan chetga chiqish bo‘ladi — saylovoldi tashviqoti chog‘ida u Qo‘shma Shtatlarga import qilinadigan barcha mahsulotlar uchun 10-20 foizlik «universal» bojlar haqida gapirgandi.
Biroq, bu shaklda ham chora-tadbirlar tom ma’noda «jahon savdosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va AQSh iqtisodiyoti va iste’molchilari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi», deb ta’kidladi nashr.
Trampning partiyadoshlari Grenlandiya bo‘yicha g‘oyaga shubha bilan qarayapti
Respublikachilar partiyasidan senatorlar va Vakillar palatasi a’zolari AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning Daniyaga tegishli Grenlandiya va Panama Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi Panama kanalini o‘z nazoratiga olish istagi haqidagi bayonotlariga shubha bilan munosabatda bo‘lishdi. Bu haqda 5 yanvar kuni Amerikaning The Hill nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp 2021 yilda Oq uyni tark etganidan beri bu g‘oyalar Vashingtonda jiddiy muhokama qilinmagan.
Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasining sobiq raisi Maykl Makkol (Texas shtatidan respublikachi) qonun chiqaruvchilar Tramp o‘z prezidentligining boshidayoq Kapitoliy tepaligida xavotir uyg‘otayotgan yirik tashqi siyosiy tashabbuslarni e’lon qilishiga tayyor bo‘lishlari kerakligini aytdi.
Bir qator respublikachi qonun chiqaruvchilar Trampning so‘zlarini kelajakda diplomatiyani mustahkamlashi mumkin bo‘lgan «muzokara» pozitsiyasi sifatida ko‘rishlarini aytishdi.
Mavzuga oid

00:42
AQSh va Ukraina moliya vazirlari darajasida nodir metallar bo‘yicha bitimni kelishib oldi

20:53 / 11.03.2025
Tramp Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha qo‘shimcha bojlar joriy etadi

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

19:47 / 11.03.2025