Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halokatga uchragan AZAL samolyotining «qora quti»lari tahlili yakunlandi
Qutilardan olingan yozuvlar Qozog‘istonga topshiriladi. Yakuniy hisobot Qozog‘iston aviahalokatni tekshirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Braziliyaning Aviahalokatlarni o‘rganish va oldini olish markazi (CENIPA) 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan AZAL aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti «qora quti»lari tahlilini yakunladi. Bu haqda G1 portaliga tayanib Anadolu xabar berdi.
Tekshiruvda ishtirok etgan manbalarga ko‘ra, «ikkita qayd qiluvchi qurilmadagi ma’lumotlarni olish va tekshirish jarayoni» 4 yanvar kuni yakunlangan.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston, Ozarboyjon va Rossiya vakillari ma’lumotlarni tahlil qilish ishlarini kuzatish uchun Braziliyaga kelgan. Ular qutilarni ochish jarayonida hozir bo‘lgan.
Endi «qora quti»lardan olingan ma’lumotlar avariyani tahlil va tergov qilish uchun mas’ul bo‘lgan Qozog‘iston aviahalokatni tekshirish qo‘mitasiga topshiriladi.
«Qora quti»lardagi yozuvlarda nimalar aniqlangani hozircha noma’lum. Avariyani tekshirish natijalari yakuniy hisobotda Qozog‘iston aviahalokatni tekshirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.
25 dekabr kuni AZAL aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysini amalga oshirayotgan yo‘lovchi Embraer 190 samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan edi. Bu rusumdagi samolyotlar Braziliyada ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
Jahon | 08:05
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

08:45 / 11.07.2025