Olimlar jigarni yog‘ bosishi saratonga olib kelishini aniqladi
Kaliforniya universiteti olimlari sichqonlar va inson to‘qimalari namunalari ustida tadqiqotlar o‘tkazib, yog‘ hamda shakarga boy mahsulotlar jigar hujayralariga ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Foto: iStock
Kaliforniya universiteti tibbiyot maktabi olimlari jigarda yog‘ to‘planishi DNKga zarar yetishiga va saratonning keng tarqalgan shakli — gepatotsellyulyar karsinomaning (GsK) rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Science Daily jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, oxirgi 20 yilda GsKga chalinish holatlari 25-30 foizga oshgan. Saratonning ushbu turi tarqalishiga asosiy sabab jigarda yog‘ to‘planishidir — hozirda katta yoshli amerikaliklarning 25 foizi bundan aziyat chekadi. Ularning qariyb 20 foizida metabolik disfunksiya (MASH) bilan bog‘liq kasallikning og‘ir shakli mavjud.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, jigardagi yog‘ kasalligining MASH va jigar saratoniga aylanishi — bu oxiri o‘lim bilan tugaydigan holatdir. Shu bilan birga, ushbu jarayon molekulyar darajada kechadi.
Olimlar o‘z tadqiqotlarini sichqonlar va inson to‘qimalari namunalari ustida o‘tkazgan. Ular yog‘ va shakarga boy mahsulotlar MASH’ning rivojlanishiga xizmat qilishi, keyinchalik u jigar hujayralaridagi DNKga ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.
Natijada hujayralar erta qariydi, bo‘linish qobiliyatini yo‘qotgan holda metabolik faol bo‘lib qoladi.
Olimlarning tushuntirishicha, qarish — bu hujayralar stressisga normal javobdir, u organizmga zarar yetgan to‘qimalarni qayta tiklanishi uchun vaqt beradi va shikastlangan hujayralarga bosimning oldini oladi. Ammo gepatotsit deb ataluvchi jigar hujayralarida ushbu jarayon buziladi. Ba’zi zararlangan gepatotsitlar esa saraton rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Mavzuga oid

11:46
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

01:29 / 04.06.2025
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

15:30 / 22.05.2025