Kopenhagen yaqinidagi port uzra noma’lum dronlar uchib o‘tdi. Daniya politsiyasi tergov boshladi
Daniya huquq-tartibot organlari «Rossiyaning Yevropa davlatlariga gibrid hujumlari xavfi sabab» dronlarning aniqlanishi bilan bog‘liq boshqa holatlarni ham tergov qilmoqda.

Foto: Getty Images
Daniya politsiyasi xodimlari Kopenhagendan 45 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Kyoge shahri porti uzra paydo bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlariga oid ma’lumotlarni tergov qilishni boshladi. Bu haqda idora ma’lumotlariga tayanib, Associated Press xabar berdi.
Dronlar paydo bo‘lgani to‘g‘risida politsiyaga guvohlardan biri xabar bergan. U 3 yanvar kuni portda katta tezlikda ko‘rfaz tomon uchib ketgan 20 ga yaqin dronni ko‘rgan.
Politsiyachilar voqea joyiga yetib kelganida, ular Kyoge pristanida faqat to‘rtta katta dronni aniqlagan xolos. Endi politsiya uchuvchisiz uchish apparatlarining umumiy soni va ular kimga tegishli ekanini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Qayd etilishicha, dronlar paydo bo‘lgan vaqtda ushbu hududda parvoz uchun ruxsat berilmagan.
Associated Press’ning yozishicha, huquq-tartibot organlari «Rossiyaning Yevropa davlatlariga gibrid hujumlari xavfi sabab» dronlarning aniqlanishi bilan bog‘liq boshqa holatlarni ham tergov qilmoqda.
Noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari bir necha oydan beri dunyoning ko‘plab davlatlarida kuzatilmoqda. 2024 yil oxirida bir nechta dron Germaniyadagi muhim sanoat obektlari va AQShdagi aviabaza uzra paydo bo‘lgandi.
FQB dekabr oyida bir oy ichida dronlarga oid 5 mingga yaqin xabar kelib tushgani, ammo ularning qariyb 100 tasiga hukumat e’tibor qaratishga arzishi to‘g‘rida xabar bergan edi.
Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi mamlakatda Xitoy uchuvchisiz uchish apparatlarini cheklash yoki taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston O‘zbekiston bilan investitsiya hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 09:40
-
Isroil armiyasi G‘azoning qator hududlariga zarba berdi: 41 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 09:20
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
-
Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi
Jahon | 08:45
Mavzuga oid

14:23 / 05.07.2025
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

22:41 / 04.07.2025
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

23:15 / 01.07.2025
Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

15:23 / 01.07.2025