Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘riqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi
Janubiy Koreyaning chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol qarorgohiga uni hibsga olish uchun kelgan tergovchilar harbiylarning qarshiligiga duch kelishdi. Yunning yuzlab tarafdorlari qarorgoh tashqarisida to‘planishgan.

Foto: Kim Hong-Ji/REUTERS
Mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ishini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovchilar 3 yanvar, juma kuni ertalab Seuldagi qarorgohiga uni qo‘lga olish uchun yetib keldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Janubiy Koreyaning yuqori martabali hukumat amaldorlari uchun Jinoyat qidiruv xizmati (CIO) va politsiya xodimlari Yunning qarorgohiga mahalliy vaqt bilan 7.20 (Toshkent vaqti bilan 3.21) da yetib kelishdi. Taxminan soat 8.00 da 50 kishidan iborat tergov guruhi qarorgoh hududiga kirdi, biroq harbiylar yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Toshkent vaqti bilan soat 5.54 lar atrofida tergovchilar harbiy xizmatchilarning ikki qatorini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgani ma’lum bo‘ldi. Endi Yunning qo‘riqchilari ularni ichkariga kiritmayapti.
Yonhap agentligining xabar berishicha, politsiya prezident qarorgohi yaqinida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus bo‘linma va 2700 nafar xodimni joylashtirgan. Uning yonida Yunning 1,2 ming tarafdori yig‘ilib, «prezidentni himoya qilish» va «impichmentni bekor qilish»ga chaqirishdi. Ulardan ba’zilari politsiya bilan to‘qnashgan.
Sud Yun Sok Yolni hibsga olish uchun qarorni tasdiqladi
Seul g‘arbiy okrug sudi 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi qarori tufayli hokimiyatdan chetlatilgan Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ma’qulladi. Bu haqda 31 dekabr kuni tergov idoralari va yuqori lavozimli amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiyani tergov qilish departamentiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Yonhap agentligining aniqlik kiritishicha, mamlakat konstitutsiyaviy tarixida birinchi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga olish uchun order berilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tintuv uchun order ham taqdim etilgan. Yaqin kunlarda prokuratura hibsga olish haqidagi buyruqni, jumladan, prezident qarorgohida ham bajarishga kirishishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
-
Amerikalik olimning mushugi ikkinchi marta yangi virusni topishga yordam berdi
Fan-texnika | 19:34
-
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Jamiyat | 19:14
Mavzuga oid

18:28 / 10.07.2025
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi

09:56 / 10.07.2025
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025