Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi
Qo‘riqxonada adashib qolgan bola yovvoyi mevalarni iste’mol qilib omon qolgan. U ichimlik suv olish uchun tayoq yordamida quruq daryo o‘zanlarida kichik quduqlar ham qazigan.

Foto: Mutsa Murombedzi/Twitter
Zimbabveda sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun davomida qolib ketgan sakkiz yoshli bola tirik holda topildi, deb xabar beradi BBC.
Mamlakat parlamenti a’zosining so‘zlariga ko‘ra, Tinotenda Pudu ismli bola uyidan 23 kilometr uzoqlikdagi Matusadona qo‘riqxonasiga sayrga borgan. Qo‘riqxona ichida adashib qolgan bola besh kun davomida sherlardan yashirinib, yovvoyi mevalarni tanovul qilgan holda omon qolgan.
Ta’kidlanishicha, Matusadona qo‘riqxonasida 40 ga yaqin sher mavjud. African Parks ma’lumotlarida keltirilishicha, ushbu qo‘riqxona qachonlardir Afrikadagi sherlarning eng zich populyatsiyasi kuzatilgan maskan bo‘lgan.
Bola tirik qolish uchun yovvoyi tabiatda jon saqlash bo‘yicha bilimlarini ishga solgan. Tinotenda ichimlik suv olish uchun tayoq yordamida quruq daryo o‘zanlarida kichik quduqlar qazigan — bunday usulni u qurg‘oqchil hududda yashagani bois o‘rgangan.
Nyaminyami mahalliy jamoati a’zolari qidiruv guruhini tashkil etib, har kuni do‘mbira chalgan holda bolaning uyga qaytishiga imkon yaratgan. Oxir-oqibat bolani qo‘riqxona kuzatuvchilari topishga muvaffaq bo‘lgan.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi tabiatdagi «sayohati»ning beshinchi kunida Tinotenda mashina ovozini eshitib qolgan va u tomon yugurib borgan.
Qo‘riqxona maydoni 1470 kilometr kvadratdan ortiqni tashkil etib, u yerda zebralar, fillar, begemotlar, sher va antilopalar yashaydi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida call-markaz ishga tushdi
Jamiyat | 10:37
-
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston | 10:27
-
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
O‘zbekiston | 10:23
-
Toshkentda ko‘chalardan biri bir oyga transport harakati uchun yopildi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

20:10 / 16.03.2025
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

08:00 / 14.03.2025
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi

21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi

15:30 / 13.11.2024