Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’ga yaqinlashmoqda
BYD savdolari hajmining oshishi Xitoy ichki bozorida talab ortgani, shuningdek, ikkinchi yarim yillikda davlat subsidiyalarining oshgani bilan izohlanmoqda.

Foto: Reuters
Xitoyning BYD Co avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2024 yilni rekord darajadagi savdolar bilan yakunladi — kompaniya umumiy yo‘lovchi transport vositalari ishlab chiqarish hajmini 4,25 million donaga yetkazdi.
Qayd etilishicha, dekabr oyida BYD 509 mingdan ziyod gibrid va elektromobil sotish orqali yangi rekordni o‘rnatgan. Bu kompaniyaga yillik avtomobillar savdosi hajmini 1,76 millionga yetkazishga yordam bergan. Umumiy hisobda bir yil davomida savdolar hajmi undan oldingi yilga nisbatan 41 foizga oshgan.
BYD savdolari hajmining oshishi Xitoy ichki bozorida talab ortgani, shuningdek, ikkinchi yarim yillikda davlat subsidiyalarining oshgani bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha imtiyozlarni ham taklif qilmoqda, bu ham savdolar hajmining oshishiga xizmat qilgan.
Tesla esa hozircha elektromobillar savdosi bo‘yicha yetakchi. Yillik savdolar o‘sishi prognoziga erishish uchun Tesla 2024 yilning oxirgi uch oyida 515 ming dona elektromobil sotishi kerak edi. Tahlilchilar 510 ming 400 ta elektromobil sotilishini prognoz qilgan, bu Tesla kutilmalaridan pastroq. BYD savdolari hajmining o‘sishi kompaniyaga dunyoning eng yaxshi avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasidan mustahkam o‘rin egallashiga yordam beradi. Umumiy savdolar hajmi oshgani esa uni yillik savdolar bo‘yicha Ford hamda Hondaʼni ortda qoldirishga yaqinlashtiradi.
Avvalroq Braziliya hukumati Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi gigant kompaniyasi — BYD zavodi qurilishini to‘xtatgan edi. Bunga ishchilar “qullardek” yashayotgani sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
-
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
Jahon | 22:15
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
Mavzuga oid

12:24 / 27.06.2025
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi

20:51 / 26.06.2025
Tesla robot-taksisining birinchi ommaviy sinovlari yo‘llarda muammolarga olib keldi

01:37 / 24.06.2025
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi

15:52 / 23.06.2025