Janubiy Koreya muxolifati hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni zudlik bilan hibsga olishni talab qildi
31 dekabr kuni Seul sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berdi. Endi Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish idorasida (CIO) buni amalga oshirish uchun bir hafta vaqt bor.

Foto: EPA/TASS
Janubiy Koreyaning asosiy muxolifatdagi Demokratik partiyasi avvalroq hibsga olish uchun order berilgan va hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni zudlik bilan hibsga olishga chaqirdi, deb xabar berdi Interfax.
«Isyonchi Yun Sok Yol o‘z qarorgohida yashirinib, hukumat muassasalarining qonuniy talabiga bo‘ysunmayapti va xalqni isyonga chaqirmoqda», dedi Demokratik partiyaning siyosiy qo‘mitasi raisi Jin Son-Jun. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yun Sok Yolni hibsga olish «ustuvor vazifadir».
31 dekabr kuni Seul sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berdi. Endi politsiya va mudofaa amaldorlaridan tashkil topgan Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish idorasida (CIO) buni amalga oshirish uchun bir hafta vaqt bor. Markaziy razvedka boshqarmasi, agar Yun Sok-Yolning qo‘riqchilari uni hibsga olishga to‘sqinlik qilsa, politsiya kuchlari jalb qilinishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq, Yun Sok Yol prezident qarorgohi yonida to‘plangan o‘z tarafdorlariga yozma murojaat yo‘llab, unda «Janubiy Koreyaga tahdid solayotgan davlatga qarshi kuchlarga» qarshi kurashni davom ettirishga va’da bergan edi.
3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi. Keyinchalik u parlament deputatlari qarshiligi tufayli, harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi. Mamlakatda harbiy holat taxminan besh soat davom etdi.
Shundan so‘ng, parlament prezidentga impichment e’lon qilib, lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Harbiy holat e’lon qilinishi bo‘yicha ochilgan ish tergovi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35
-
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi
Jahon | 22:28
-
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

16:46
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:11 / 04.07.2025
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

21:00 / 01.07.2025