Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundestagda Magdeburgdagi hujum yuzasidan rasmiylar so‘roq qilinadi
Magdeburgdagi yarmarkada sodir etilgan terakt yuzasidan Germaniya ichki ishlar vaziri, Germaniya jinoyat politsiyasi departamenti rahbari va boshqa mansabdor shaxslar so‘roq qilinadi. Bundestag xavfsizlik idoralari faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashga harakat qilmoqda.

Foto: Axel Schmidt/REUTERS
Bundestagning ichki ishlar qo‘mitasi besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Magdeburg Rojdestvo bozoriga uyushtirilgan hujumga rasmiylarning qanday kamchiliklari sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida bir qator nemis xavfsizlik va razvedka xodimlarini so‘roqqa tutadi. Qo‘mita yig‘ilishiga, xususan, Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer, Jinoyat ishlari bo‘yicha federal idora (BKA) rahbari Xolger Myunx, Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi rahbari o‘rinbosari Zinan Zelen va Magdeburg ober-burgomistri Simone Borris taklif etilgan.
Deputatlar e’tibori nafaqat yarmarkada xavfsizlikni ta’minlash, balki huquq-tartibot idoralarining jinoyatchi haqida bilganini inobatga olgan holda, fojianing oldini olish borasidagi ishlarda ham yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarga qaratiladi. Xususan, turli davlat idoralari o‘rtasida axborot almashinuvi haqida so‘z yuritiladi.
Ichki ishlar qo‘mitasi yig‘ilishi oldidan federal razvedka xizmatlari faoliyatini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan parlament nazorati komissiyasi ham yig‘ilish o‘tkazadi. Uning majlislari Bundestag binolaridan biridagi maxsus xonada yashirincha o‘tkaziladi.
Ayni vaqtda Germaniya federal organlari Magdeburgdagi terakt bo‘yicha tergov natijalari olinmaguncha hech qanday qaror qabul qilishni rejalashtirmayapti, dedi 30 dekabr kuni hukumat matbuot kotibi Kristiane Xoffman.
GFRda Magdeburg bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruvlar o‘tkaziladi
Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer hujumchi haqida avvalroq qaysi idoralar ogohlantirish olganini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilishini e’lon qildi. «Federal jinoiy idora Saksoniya-Anhalt yeri rasmiylari tomonidan olib borilayotgan tergov bilan hamkorlik qilmoqda», dedi u 22 dekabr kuni chop etilgan haftalik Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.
«Tergov organlari voqeaning barcha holatlarini aniqlaydilar, ular avvalroq qanday signallar olinganini va ularga qanday munosabatda bo‘lganini diqqat bilan o‘rganadilar», dedi Fezer.
Der Spiegel nashriga ko‘ra, gumonlanuvchi Taleb A. bir necha bor huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tushgan va rasmiylar bilan muammolarga duch kelgan. 2013 yil sentabr oyida Rostok sudi uni «jinoyat bilan tahdid qilish orqali jamoat tartibini buzganlik» uchun 90 kunga har kunlik 10 yevro miqdorida jarimaga tortdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

07:36 / 22.07.2025
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi

07:39 / 11.07.2025
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi

14:16 / 28.06.2025
Bundestag migrantlarning oilalari bilan birlashishini to‘xtatib qo‘ydi

17:12 / 06.05.2025