Aliyev: Rossiya aybini tan olishi, aybdorlarni jazolashi va tovon to‘lashi kerak
Rossiya 28 dekabr kuni Putin uzr so‘raganida birinchi talabni bajargan, Ozarboyjon boshqa shartlari ham qabul qilinishini kutmoqda.

Foto: Getty Images
Ozarboyjon hukumati Rossiyaga Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi bilan bog‘liq uchta talab qo‘ygan, deb ma’lum qildi davlat rahbari Ilhom Aliyev mamlakat televideniyesiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu talablar 27 dekabr kuniyoq Rossiya tomoniga rasman yetkazilgan.
«Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarboyjondan uzr so‘rashi kerak. Ikkinchidan, o‘z aybiga iqror bo‘lishi kerak. Uchinchidan, aybdorlar jazolanishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi va Ozarboyjon davlatiga, jabrlangan yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga tovon puli to‘lanishi kerak. Bu bizning shartlarimiz. Bulardan birinchisi kecha bajarildi. Umid qilamanki, qolgan shartlarimiz ham qabul qilinadi», – degan prezident.
Aliyev qo‘yilgan barcha talablar adolatli ekanini qayd etgan. «Bu yerda hech qanday favqulodda talab yoki masala yo‘q, bu xalqaro tajribaga va oddiy insoniy xatti-harakatlar tamoyiliga asoslangan», – deya qayd etgan u.
Ilhom Aliyev aviahalokatdan keyin AZAL aviakompaniyasiga Rossiyaning bir necha shaharlariga parvozlarni to‘xtatishni buyurganini aytdi.
«Ha, bu ko‘rsatmani men berdim va buning asosiy sababi, albatta, xavfsizlik masalalari. Rossiyaning ko‘plab shaharlarida havo hududi vaqti-vaqti bilan yopilgani sababli, u yerda maxsus ish rejimi qo‘llanadi. Ular buni «dronga qarshi operatsiya» deb atashadi. Bir narsani aniqlashtirish kerak: o‘sha «dronga qarshi operatsiya» [samolyotimizga] qachon e’lon qilindi? Chunki bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu operatsiya samolyotimiz tashqi ta’sirga uchraganidan keyin e’lon qilingan. Demak, agar shunday bo‘lsa, bu yana mahalliy xizmatlar muammoni yashirish uchun qilganini ko‘rsatadi», – dedi Aliyev.
- Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga reysni amalga oshirgan samolyoti 25 dekabr tongida Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida qulab tushdi. 38 kishi halok bo‘lgan. Euronews va Reuters Ozarboyjon hukumatidagi manbalarga tayanib bergan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot halokatiga Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi zarbasi sabab bo‘lgan. Reuters xabariga ko‘ra, Grozniy ustida «dronlar faolligi kuzatilayotgan» vaqtda samolyotga raketa otilgan. Raketa samolyot yaqinida portlab, uning qoplamasiga zarar yetkazgan.
- Rossiya hukumati buni tasdiqlamagan. Halokatdan ikki kun o‘tib Rosaviatsiya rahbari Dmitriy Yadrov samolyota Grozniy aeroportiga qo‘nish uchun kirayotganida shahar dronlar hujumiga uchraganini aytgan. U samolyot komandiriga qo‘nish uchun Rossiyadagi boshqa aeroportlar taklif qilingani, ammo u Oqtovdagi aeroport tomon uchishga qaror qilganini bildiran. Shu bilan birga, Euronews telekanalining Ozarboyjon hukumatidagi manbasi shikastlangan layner ekipaji avariyaviy qo‘nishni amalga oshirishni so‘ragani, ammo unga Rossiya aeroportlaridan birortasiga qo‘nishga ruxsat berilmaganini xabar qilgan.
- 28 dekabr kuni RF prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi hamda «Rossiya havo kengligida ro‘y bergan fojiali hodisa» uchun uzr so‘rab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

20:34 / 04.06.2025