Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyot qulab tushdi
U Bokudan Grozniyga uchayotgandi. Bortda bo‘lganlar soni 60 dan 100 nafargacha baholanmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 10 dan ortiq kishi omon qolgan.

Foto: Videodan kadr
25 dekabr kuni Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti Qozog‘iston g‘arbidagi Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Orda.kz ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Oqtov aeroporti hududiga qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan.
Azari Press Agentliyi ma’lum qilishicha, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qo‘nish uchun Qozog‘iston tomonga yo‘l olgan. Sputnik Azerbaijan aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.
Baza bortda 62 yo‘lovchi va ekipajning besh a’zosi bo‘lganini xabar qilgan.
Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinidagi dalaga qulagan. Flightradar servisi ma’lumotlariga ko‘ra, halokatdan oldin samolyot aeroport ustida aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulashi vaqtida olingan videolar tarqalmoqda.
Qozog‘iston FVV Oqtov yaqinida samolyot halokatga uchraganini tasdiqlab, voqea joyida yong‘in chiqqanini ma’lum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra omon qolganlar borligi aytilgan.
RIA Novosti Grozniy aeroporti matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar berishicha, Bokudan uchgan samolyot Grozniydagi noqulay ob-havo tufayli avvaliga Mahachqal’aga, keyin esa Oqtovga yo‘naltirilgandi.
Tengrinews ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi aviahalokatdan omon qolgan 12 kishi shifoxonaga olib borilgan.
Rossiyadagi «Izvestiya» nashri va «112» telegram-kanali esa omon qolganlar soni 18 kishi ekanini xabar qilgan. Mash ma’lumotida omon qolganlar soni — 20 dan 50 kishigacha ekani aytilgan. Ularning barchasi samolyotning dum qismida bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33 yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi
O‘zbekiston | 10:59
-
Zelenskiy korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi
Jahon | 10:54
-
Hafta oxirida harorat sezilarli darajada salqinlashadi
O‘zbekiston | 10:47
-
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42
Mavzuga oid

12:40 / 24.07.2025
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

15:56 / 02.07.2025