Sport maktablari xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
“Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: O‘zA
Ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
▪️sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lab borish tartibini takomillashtirish;
▪️sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini belgilash;
▪️sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish;
▪️yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish.
Mavzuga oid

10:05 / 16.06.2025
Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin

09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

18:21 / 09.04.2025