Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
O‘zbek so‘mi yil boshidan buyon AQSh dollariga nisbatan qariyb 4,5 foizga qadrsizlandi. Milliy valuta devalvatsiyasi o‘tgan yili 9,7 foiz bo‘lgandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 24 dekabr kuni uchun xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Bunda AQSh dollarining qiymati ilk marta 12 900 so‘mlik psixologik nuqtadan o‘tib, 12 902,00 so‘m deb belgilandi.
Amerika valutasining so‘mga nisbatan rasmiy kursi yilning ilk ish kunida 12 352,86 so‘m bo‘lgandi. Shu tariqa, yil boshidan buyon milliy valutaning dollarga nisbatan devalvatsiyasi 4,45 foizga (+549 so‘m) teng bo‘lmoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 3,9 foiz, 2023 yilda esa 9,7 foiz bo‘lgandi.
Bugun, 23 dekabr kuni tijorat banklarida 1 AQSh dollari 12 895 – 12 955 so‘mlik diapazonda sotilmoqda. Sotib olish kursi esa 12 830 – 12 855 so‘m oralig‘ida.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan Markaziy bank belgilaydigan kursi buxgalteriya, statistika va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Avvalroq 2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangani ma’lum qilingandi. S&P xalqaro reyting agentligi esa, 2025 yilning oxiriga borib kurs 13 650 so‘m bo‘lishini prognoz qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:29 / 19.06.2025
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi

18:57 / 10.06.2025