Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari holati o‘rganib chiqiladi
Farg‘ona shahri markazidagi benzin va gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan texnogen avariya ortidan viloyatdagi barcha shoxobchalar holati tekshiriladi.

Foto: Kun.uz
Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan norma va me’yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Qayd qilinishicha, baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida «O‘zdavneftgazinspeksiya» Farg‘ona hududiy bo‘limi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali kabi mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
Mazkur ishchi guruh tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarining (AYoQS) sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilg‘i saqlash rezervuarlarining holati va boshqa qonunchilikdagi me’yorlar o‘rganiladi. Ta’kidlanishicha, o‘rganishlar chog‘ida ularning moliyaviy ishlariga aralashilmaydi hamda shoxobchalar odatdagi ish tartibi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’i nazar, avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta’minlanadi.
Avvalroq, Farg‘ona shahri markazidagi benzin va gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash va yong‘in oqibatida bir necha kishi vafot etgan, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:30 / 01.08.2025
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:51 / 30.07.2025
Toshkentda AYoQSh sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargani aniqlandi

13:46 / 30.07.2025
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025