Estoniya ortidan Litva ham Gurjistonga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
Litva Gurjistondagi namoyishlarning bostirilishiga mas’ul 17 nafar shaxsga sanksiya qo‘lladi - ro‘yxatdan mamlakat bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ham o‘rin olgan.

Foto: Anadolu Agency
Litva ham Estoniya hukumati ortidan Gurjiston rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bunga mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari kuch bilan bostirilayotgani sabab bo‘ldi.
Litva TIV bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar Gurjistondagi namoyishlarning bostirilishiga mas’ul 17 nafar shaxsga nisbatan qo‘llangan. Xususan, «qora ro‘yxat»dan mamlakat bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ham o‘rin olgan. U va ro‘yxatdagi boshqa shaxslarning Litvaga kirishi taqiqlandi.
Estoniya o‘z navbatida Gurjistonning 14 nafar siyosatchisiga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Tallin va Vilnyus rasmiylari YeIning boshqa davlatlarini ham shu kabi yo‘l tutishga chaqirdi.
Tbilisi javob sanksiyalarini qo‘llashni rejalashtirmayapti. «Gurjiston hukumati Litva va Estoniya hukumatlarining qarorlariga qarshi chiqish imkoniyati hamda huquqiga ega. Ammo Litva va Estoniya xalqiga hurmat tufayli bu kabi qadamni tashlashni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz», — deyiladi Gurjiston hukumatining bayonotida.
28 noyabr kuni Gurjiston hukumatining 2028 yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmaslikka oid qaroriga qarshi noroziliklar namoyishlari boshlangan. 5 dekabrda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Gurjistonning amaldagi hukumatini ayrim vakillariga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi — Kiyev ularni Tbilisidagi norozilik aksiyasi ishtirokchilarini kuch bilan tarqatishda aloqador deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Gurjistonda saylovchilar kollegiyasi sobiq futbolchi va deputat Mixail Kavelashvilini mamlakatning yangi prezidenti etib saylagandi. Undan oldin esa Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili mamlakatda yangi parlament saylovlari belgilanmagunga qadar o‘z vakolatlarini topshirish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Davlat rahbarining fikricha, bugungi kunda Gurjistonda faqat u legitim hokimiyatga ega. U bo‘lajak saylov jarayonini «prezidentlik saylovlariga parodiya va sharmandalik» deya ta’riflagan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
NYT: Rossiya Ukrainaning aerodromlarga bergan zarbalariga «jiddiy» javob qaytaradi
Jahon | 13:35
-
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Iqtisodiyot | 13:21
-
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin
Jahon | 13:09
Mavzuga oid

09:34 / 30.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchisi Nika Meliya qo‘lga olindi

18:19 / 28.05.2025
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

16:19 / 24.05.2025