Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident uy-joy sotib olishda aholi mablag‘larini himoya qiluvchi tizim bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyevga ko‘chmas mulk uchun hisob-kitoblar bankdagi eskrou (Escrow) hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladigan tizim taqdim etildi. U xorijda sinovdan o‘tgan bo‘lib, xaridorlar mablag‘larining kafolatli saqlanishini ta’minlaydi. Prezident taklifni ma’qulladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, talab ko‘pligidan foydalanib, bu sohada insofsiz biznes qilayotganlar ham bor. To‘lov tizimi tartibga solinmagani, raqamlashtirish va ochiq-oshkoralik yo‘qligi bunga yo‘l ochib berayapti. Yangi uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini bank orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchiga berayotgani uchun bu mablag‘lar «soya»da qolayapti. Ko‘p hollarda uylarni topshirish muddati kechikib, aholi to‘lagan pullar «muzlab» turibdi. Ulushdorlik shartnomalari hech qayerda ro‘yxatga olinmay, faqat quruvchining manfaatiga xizmat qilayapti.
Shu bois davlat rahbari 23 sentabr kuni qurilish industriyasi bo‘yicha o‘tgan yig‘ilishda uy-joy sotib olishda aholi mablag‘larini kafolatlaydigan tizim yaratish topshirig‘ini bergan edi. Taqdimotda shu boradagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, xorijiy davlatlarda eskrou (Escrow) tizimi tajribadan o‘tgan. Unga ko‘ra, buyurtmachi va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, har bir qurilish inshooti bo‘yicha eskrou hisobvarag‘i ochiladi. Ko‘chmas mulk uchun kelishilgan mablag‘lar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi. Unda yig‘iladigan mablag‘lar asosida tijorat banklari buyurtmachiga pasaytirilgan foizda kredit taqdim etadi. Qurilish bitgach, xaridorning hisobvarag‘idagi pul developer tashkilotga o‘tkaziladi. Quruvchi o‘z majburiyatini bajarmagan taqdirda, bu pul egasiga qaytarib beriladi. Eskrou hisobvarag‘ida turgan mablag‘larga undiruv qaratilmaydi.
Prezident takliflarni ma’qullab, bu borada huquqiy asos yaratish, mazkur tizimni qurilishga aloqador vazirlik va idoralarda integratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

17:36 / 19.02.2025
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

10:38 / 14.02.2025
Jeddah Tower qurilishi qayta boshlandi – Saudiya Burj Xalifani ortda qoldira oladimi?

19:58 / 12.02.2025