Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forex bozorida rubl kursi mustahkamlana boshladi
Xalqaro Forex valuta bozorida AQSh dollarining kursi 99,98 rublgacha, yevro kursi esa 106 rubldan pastga tushdi. Rubl kursining mustahkamlanishi uning 2022 yil mart oyidagi darajasiga tushib ketganidan keyin sodir bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya rublining kursi so‘nggi ikki haftadagi qulashdan keyin sezilarli darajada mustahkamlandi. 6 dekabr, juma kuni tushdan keyin xalqaro Forex valuta bozorida bir AQSh dollari 99,48 rublga sotildi. Yevro kursi 105,25 rublga, yuan kursi — 13,69 rublga tushdi. Bir kun avval savdolar mos ravishda 100,99 rubl, 106,9 rubl va 13,9 rublga yopilgan.
26 noyabr kuni rublning dollarga nisbatan kursi birinchi marta 105,5 rublga tushdi — 2022 yil mart oyidagi, ya’ni Rossiya harbiylarining Ukrainaga to‘liq miqyosli bostirib kirishi va undan keyingi keng ko‘lamli sanksiyalardan keyingi birinchi haftalardagi darajaga. O‘shanda yevro kursi 110 rubldan oshib ketdi.
RF rasmiylari rubl kursini ushlab qolish uchun kurashmoqchi emas
Rossiya rasmiylari, avvalgidek, milliy valuta kursi bir yil ichida birinchi marta psixologik jihatdan muhim bo‘lgan bir dollarga 100 rubllik belgiga yaqinlashayotgan paytda, kurs pasayishiga xalaqit bermoqchi emas. Bu haqda Bloomberg 15 oktyabr kuni vaziyatdan xabardor bo‘lgan ikki suhbatdoshining fikriga tayanib yozdi.
Agentlik ta’kidlaganidek, o‘tgan yili Rossiya Markaziy banki ushbu belgiga yaqinlashganda, rublning yanada qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir necha marta aralashdi: masalan, asosiy stavkani oshirish (2023 yil avgustida bo‘lgani kabi) yoki valuta tushumlarini eksport qiluvchilar tomonidan majburiy sotish chegarasini oshirish (2023 yil oktyabrda) orqali.
Biroq, bu safar, budjet taqchilligi va xarajatlarning rejalashtirilgan o‘sishi fonida, Rossiya rasmiylari zaif rublda ustunlikni ko‘rmoqda, deb hisoblaydi Bloomberg anonimlik sharti bilan gapirgan manbalari. Ularning fikricha, rublning zaiflashishi endi tashvishga sabab emas, chunki kelgusi yil xarajatlarni oshirish rejalari fonida bu davlat budjetiga foyda keltirishi kutilmoqda.
Rossiya hukumati va Rossiya banki matbuot xizmatlari Bloomberg'ning izoh berish haqidagi so‘rovlariga javob qaytarmadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

14:51 / 11.02.2025
AQSh sanksiyalari rubl kursiga kuchli zarba beradi

08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi

16:51 / 18.12.2024