Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish DXM orqali amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid barcha holatlarga tatbiq etiladi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.
Bunda, reglament taraflar tomonidan noturar ko‘chmas mulkni o‘tkazishga oid shartnomalarni o‘zaro mustaqil ravishda yoki notarial tartibda tasdiqlagan holda rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Shartnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
- arizachilar (yuridik shaxslar vakillari) davlat xizmati markaziga shaxsan kelgan holda murojaat qilishadi;
- Davlat xizmatlari markazi 20 daqiqada arizachilarning shaxsini aniqlaydi, shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi va shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;
- Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi;
- Davlat xizmatlari markazi ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda xabardor qiladi. (so‘rovga ko‘ra ko‘chirma qog‘oz shaklda berilishi mumkin).
Shartnomani davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 20:28
-
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
O‘zbekiston | 20:19
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

20:51
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

13:49
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

11:39 / 20.06.2025