Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ar-Riyod shahrida O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida mezbon davlat shartnomasini imzolash va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.
«IUCN bilan hamkorligimiz qo‘shma loyiha va tadbirlar orqali rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Toshkentda ofisning tashkil etilishi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman, — dedi O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. — Ekologik muammolar chegara bilmaydi, bu esa kuchlarni birlashtirish va transchegaraviy hamkorlik muhim ekanini anglatadi. IUCN’ning Toshkentdagi vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat qilib, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishidan mamnunmiz».
Bitim IUCN’ning O‘zbekistondagi faoliyati uchun huquqiy asos bo‘lib, uzoq yillik hamkorlikdagi muhim bosqichni belgilab beradi. Respublika ittifoqqa 2021 yilda a’zo bo‘ldi. Hujjat davlat organlari bilan yanada samarali hamkorlikni ta’minlaydi hamda IUCN’ning O‘zbekiston va mintaqani tizimli va samarali rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini qo‘llab-quvvatlaydi.
«Biz O‘zbekiston bilan hamkorligimizni mustahkamlaydigan hamda mamlakatda va butun Markaziy Osiyoda atrof-muhit va iqlim bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarga asos soladigan ushbu muhim voqeadan mamnunmiz, – dedi IUCN bosh direktori Gretel Agilar. – Vazirlik va boshqa hamkorlar bilan tabiatni muhofaza qilish, ekotizimni tiklash va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishni orziqib kutamiz. IUCN bizga mintaqaning noyob biologik xilma-xillik va qimmatli tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yanada salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini taqdim etgani uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik bildiradi».
IUCN va Ekologiya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik samarali sa’y-harakatlarga yo‘l ochadi. Hamkorlik loyihalari qatoriga IUCN, Global ekologik fond (GEF) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda boshlangan IUCN Mintaqaviy yagona sog‘liqni saqlash tashabbusi hamda Landshaftlar va yerlarni tiklash loyihasi kiradi.
Yaqin kelajakda GEF va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va alohida qimmatli landshaftlarni tiklashni kompleks boshqarish loyihasini ishga tushirish orqali hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalar dolzarb ekologik muammolarni hal qiladi va insoniyat va tabiat manfaati uchun innovatsion, keng ko‘lamli yechimlarni ro‘yobga chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 21:17
-
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos
Jahon | 21:05
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34
Mavzuga oid

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025