Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining "Favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zkomnazorat
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarishning maqsadlari:
- favqulodda holat va vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish imkoniyatini ta’minlash;
- davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini ta’minlashda aloqa bilan uzluksiz hamda barqaror ta’minlash.
Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari Raqamli texnologiyalar vazirligining O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi tomonidan maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda markazlashgan holda ma’muriy boshqariladi.
Maxsus iste’molchilar - Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, DXX, Milliy gvardiya va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi.
Raqamli texnologiyalar maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya operator hamda provayderlarining tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
- maxsus iste’molchilarning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun bo‘sh telekommunikatsiya resurslari va vositalari mavjud bo‘lmaganda;
- telekommunikatsiya tarmoqlarida yuklanish ortib ketishining oldini olish zarur bo‘lganda;
- favqulodda holat va vaziyatlar hududida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvini ta’minlash zarur bo‘lganda.
Favqulodda holatlarda Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qaror prezidentining favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan Favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega
Jahon | 15:26
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi
O‘zbekiston | 15:17
-
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston | 15:06
-
«Uchrashuvga hali erta». Istanbuldagi muzokaralarning qisqacha yakunlari
Jahon | 14:50
Mavzuga oid

13:26 / 20.02.2025
Janubiy Koreya sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirmoqda

07:30 / 03.01.2025
Telekommunikatsiya xizmatlari me’yorga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

13:50 / 24.10.2024