Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputat rublning qadrsizlanishida migrantlarini aybladi
Mixail Matveyev so‘zlariga ko‘ra, migrantlar har yili Rossiya banklaridan o‘nlab milliard dollarlik valuta sotib olib, dollarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirib, rubl kursini zaiflashtirmoqda.

Foto: iStock
Rossiya Kommunistik partiyasidan Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev rublning qulashida mehnat migrantlarini aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular valutaga bo‘lgan talab va dollar kursining o‘sishini rag‘batlantirmoqda.
Deputat Rossiyadan boshqa mamlakatlarga mablag‘larning chiqib ketishidan xavotir bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdorlar valuta bozoriga sezilarli darajada ta’sir qiladi va rublni zaiflashtiradi.
«Rossiyada ishlayotgan millionlab migrantlar har yili o‘z daromadlarini vataniga jo‘natadi. Bu transferlar bo‘yicha aniq ma’lumotlar bir necha yillardan beri yashirilyapti, biroq mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, gap o‘nlab milliard dollar haqida ketayotganini ko‘rsatmoqda», deb yozdi u.
Deputatga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyadan Tojikistonga o‘tkazilgan transferlar hajmi 5,7 milliard dollarni tashkil etgan, bu esa ushbu mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmiga teng. Rossiyadan Qirg‘izistonga yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismiga teng miqdorda, O‘zbekistonga esa yalpi ichki mahsulotning 12–15 foizi (14,5 milliard dollardan ko‘proq) yuborilgan. Katta hajmdagi transferlar Gruziya (2 milliard dollardan ortiq), Armaniston (3 milliard dollardan ortiq) va Qozog‘istonga ham yo‘naltirilgan.
Matveyev so‘zlariga ko‘ra, migrantlar va ularning diasporalari har yili Rossiya banklaridan o‘nlab milliard dollarlik valuta sotib olib, dollarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirib, rubl kursini zaiflashtirmoqda.
Shuningdek, u ko‘plab MDH do‘stona davlatlari Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar qo‘llagani va «Mir» kartalari bilan ishlashdan bosh tortgani, bu esa Rossiyadan ushbu mamlakatlarga rubl yuborishni qiyinlashtirganini ta’kidladi. Bu migrantlarni Rossiyadan naqd xorijiy valutani olib chiqishga majbur qiladi va bu rubl kursiga bosimni kuchaytiradi, deb qo‘shimcha qildi parlament a’zosi.
O‘tgan haftada rubl keskin qulab, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 109 rublgacha ko‘tarilgan edi. Shundan so‘ng, Rossiya Markaziy banki 2024 yil oxiriga qadar valutalar xarididan voz kechdi. Bu esa valuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

21:37
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi

15:53
Rossiya «dushman» davlatlar taomlariga soliq solishi mumkin

15:08
Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

08:30