Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik chempion fransiyalik Devid Spilmont bilan bahslashadi.

Foto: Getty Images
2025 yil 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi. Unga fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston professional boks federatsiyasi.
Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi.
Uning bo‘lajak raqibi Devid Spilmont shu kungacha 27 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga, boks oqshomida o‘zbekistonlik Artur Biyarslanov va fransiyalik Muhammad Mimun o‘rtasida ham jang bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

03:07 / 11.08.2024