Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish maqsadida mamlakatdagi bir nechta davlat muassasasi, universitet va mahalliy kengashlar o‘z xodimlari uchun xizmat safariga samolyotda borishini taqiqladi.

Foto: SOPA Images
Buyuk Britaniyada ekologik tashkilotlar bosimi ostida o‘z xodimlarining mamlakat ichidagi parvozlarini taqiqlayotgan davlat idoralari soni ortib bormoqda. Bu atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirishga xizmat qiladi, deb yozmoqda The Telegraph.
Qayd etilishicha, bir nechta davlat muassasasi, universitet va mahalliy kengashlar o‘z xodimlari uchun xizmat safariga samolyotda borishini taqiqlagan yoki ularning faqat poyezd orqali harakatlanishini buyurgan. Xususan, NHS England Milliy sog‘liqni saqlash xizmati 2024 yilda o‘zining 1,5 million xodimiga biznes maqsadlarda parvoz qilishini taqiqlangan. Ularga faqat istisno holatlarda yoki parvoz soliq to‘lovchilarning pulini tejashi mumkin bo‘lgan taqdirda uchishga ruxsat etiladi.
Universitetlar orasida bu kabi taqiqni birinchi bo‘lib London Imperial kolleji joriy etdi. Uning 8 ming xodimiga agar xizmat safari manzili poyezdda boriladigan shahar bo‘lsa va unda harakatlanish 5 soatdan ortiq vaqtni talab etmasa, samolyotda uchish taqiqlangan. Ya’ni kollejning Londondagi xodimi Edinburg yoki Glazgoga ucha oladi, ammo Manchester yoki Liverpulga poyezdda borishiga to‘g‘ri keladi.
Ayrim kompaniyalar o‘z xodimlariga xizmat safari manziliga Eurostar poyezdi boradigan bo‘lsa, butun Yevropa bo‘ylab ham parvozlarni taqiqlab qo‘ydi. Xususan, Atrof-muhit muhofazasi agentligi 2010 yilda 12 ming anfar xodimiga ichki parvozlarni, shuningdek, Parij va Bryusselga uchadigan reyslardan foydalanishni taqiqlagan edi.
Nashrning ta’kidlashicha, Britaniya poyezdlari Yevropadagi eng sekin harakatlanadigan va qimmat transport vositasi hisoblanadi, mamlakatdagi temiryo‘l infratuzilmasining holati esa hukumat yaqin vaqtlar ichida ish parvozlarini to‘liq taqiqlaydigan darajada talabga javob bermaydi.
Eurocontrol ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan 2022 yilga qadar Britaniyada ichki parvozlar soni 25 foizga qisqargan, bu Yevropa davlatlari orasidagi eng katta «qulash» hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

11:00 / 07.08.2025
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda

08:30 / 06.08.2025
O‘zbekistonda oqova suvlarni qayta ishlashda Britaniya texnologiyalari joriy etiladi

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

13:32 / 26.07.2025