Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
Ballistik raketa dasturining aksariyat tafsilotlari sir saqlanmoqda, ammo ukrainalik rasmiylar bu kabi qurol tez orada qo‘shinlarga taqdim etilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: picture-alliance
Hozirda Kiyev o‘zining bir nechta ballistik raketasiini yaratmoqda. Bu haqda Ukraina strategik sanoat vaziri o‘rinbosari Anna Gvozdyarga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Ukraina dushman hududi ichkarisiga zarba berishga qodir raketalarni yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Dasturning aksariyat tafsilotlari sir saqlanyapti, ammo ukrainalik rasmiylar bu kabi qurol tez orada qo‘shinlarga taqdim etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Avgust oyida Ukraina bu turdagi raketalarning ilk sinovini o‘tkazgan edi.
«Siz keyingi yilda yoki joriy yil oxirida keng ko‘lamli raketa dasturi haqida xabar topasiz», — deydi Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksandr Kamishinning so‘zlariga ko‘ra, dasturni amalga oshirishdagi to‘siqlardan biri moliyalashtirishdir. Uning ta’kidlashicha, Kiyevda yetarlicha mablag‘ mavjud emas. Xususan, Ukraina urush davomida o‘zining «Neptun» raketasidan cheklangan miqdorda foydalangan, rasmiylarning aytishicha, moliyalashtirishning yetishmasligi ishlab chiqarishni to‘xtatib turibdi.
Harbiy aviatsiya bo‘yicha mutaxassis Duglas Barrining tushuntirishicha, ballistik raketalarni ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi, chunki ular tayyorlanadigan materiallar Yer atmosferasiga qaytayotganda o‘ta yuqori haroratga turib berishi kerak.
Yana bir muammo — qurollarni ommaviy ishlab chiqarish jarayonidir. Zelenskiy Ukraina 2024 yilda 100 ta raketa ishlab chiqarganini ma’lum qilgandi. Butun dunyo bo‘ylab raketa ishlab chiqaruvchilar ehtiyot qismlar, jumladan, dvigatellarning barqaror yetkazib berilishida muammolarga duch kelmoqda. Ukrainada esa ishchilarning yetishmasligi va Rossiyaning infratuzilmaga muntazam hujumlari ham qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirmoqda.
NATO Parlament Assambleyasidagi Ukraina delegatsiyasi rahbari Yegor Chernevning qayd etishicha, ballistik raketalar dasturi ehtiyot qismlarni yetkazib berishdagi muammolarga qaramay, yakunlanish arafasida. «Ishoning, tez kunda nafaqat Ukraina, balki Rossiya Federatsiyasi ham ko‘radigan aniq natijalar bo‘ladi», — deydi u ukrain televideniyesiga bergan intervyusida.
AQSh bo‘lsa Ukraina o‘z e’tiborini uzoq masofaga uchishga qodir dronlarga qaratishi kerak deb hisoblamoqda. Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrain dronlari dasturi moliyaviy nuqtai nazardan ballistik raketalardan ko‘ra o‘zini ancha oqlaganini aytgan
Manbalarning ma’lum qilishicha, yaqinda AQSh 2,4 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatishga oid paketni ma’qullagan, u uzoq masofaga uchuvchi dronlar va boshqa shu turdagi qurollarga mablag‘ yo‘naltirishni o‘z ichiga oladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
-
Prezident 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirishni buyurdi
O‘zbekiston | 20:44
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

20:24
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri

14:38
Zelenskiy «tinchlikni ilgari surish» bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lum qildi

11:46
Polshalik jurnalistlar Tramp Putinga aynan nima taklif qilayotganidan xabar topdi

10:03