Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transchegaraviy suvlar, yashirin tunnellar hamda sim to‘siq yonidagi lokatsiya – noqonuniy qurol-yarog‘ chegaradan qanday o‘tyapti?
1 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari chegaradan noqonuniy olib o‘tilib, Toshkent shahrigacha yetib kelgan. Bu qurol-yarog‘ ham bo‘lishi mumkin edi. Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida bu xavotirdan to‘liq xalosmiz deya olmasligini, chunki bunga o‘zida ham ishonch yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘ra, 10 oyda bojxonachilar tomonidan bir nechta qurollar va 2 ming donadan ortiq jangovar o‘q-dori ushlangan.
Toshkent shahrida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 4 mln donadan ortiq pirotexnika vositasi maxsus xandaqqa ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Yashnobod tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 20-yong‘in qutqaruv qismida bo‘lib o‘tgan tadbirda Kun.uz muxbiri ham ishtirok etib, Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Husang Tangriyevdan intervyu oldi.
Husan Tangriyev tahririyat muxbirining har yili Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalari ko‘payib qolishi, ular respublika hududiga qanday olib kirilayotgani haqidagi savoliga javob berarkan, bu og‘riqli masala ekanligini bildirdi.
“Eng katta og‘riqli savol ham aslida shu. Yoz oylarida Toshkent viloyatining chegaradosh hududida yashirin tunnel aniqlangandi. Xonadonidan tunnel kavlagan shaxs bilan suhbatlashganimizda o‘zim uchun qiziq bir-ikkita ma’lumotga duch keldim. Ya’ni har bir yuk, har bir sumka ma’lum bir haq evaziga tunnel orqali chegaradosh hududlardan o‘tkazib berilgan. Mana shu kabi tunnellardan olib o‘tishga urinishlar bo‘lgan, degan fikrdaman.
Shunday holatlar aniqlanganki, hatto pirotexnika vositalarini qoplarga solib, ularni yaxshilab o‘ragan holda transchegaraviy soylar, daryolar orqali oqizib olib o‘tishga urinishgan. Yoki chegarada sim to‘siqlar yoniga qo‘yib ketadi va lokatsiya tashlanadi, ikkinchi tomondan kelib uni olib ketishadi.
Chegaradosh hududlarda olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan yurtdoshlarimiz mana shu pirotexnika vositalarini o‘sha chegaradosh mahallalardagi turli xonadonlarda ma’lum bir haq evaziga saqlaydi. Xonadon egalari ham ma’lum bir haq evaziga o‘sha pirotexnika vositalarini saqlab turish uchun o‘zining xonadonidan foydalanishga ruxsat bergan holatlarni ham ko‘ramiz. Shuning uchun, mas’uliyat bu yerda har birimizga bog‘liq”, degan Husan Tangriyev.
Kun.uz jurnalistining pirotexnika vositalari chegaradan noqonuniy kirib kelayotgan ekan, demak, bu qurol-yarog‘ yoki giyohvand moddalari ham bo‘lishi mumkinligi haqidagi savoliga Tangriyev bu xavotir o‘rinli ekanligini bildirdi.
“Afsuski, birgina 10 oy davomida bir nechta qurollar yoki 2 ming donadan ortiq jangovar o‘q-dorilar ushlandi. Yoki birgina Bojxona organlari tomonidan shu yilning o‘zida to‘xtatib qolingan giyohvand vositalarining miqdori bir tonnadan oshdi.
Siz aytayotgan xavotir o‘rinli. Biz bundan to‘liq xalosmiz, degan fikrni aytolmayman. Chunki bunga o‘zimda ishonch yo‘q. Haqiqatan ham chegaralarimiz murakkab joylashgan.
Bugun yo‘q qilinayotgan mana shu pirotexnika vositalarining katta partiyasi o‘tgan yil Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 1 ta xonadonning o‘zida aniqlangan. Ayni shuning o‘zi ma’lum bir hududdan olib o‘tib, Toshkent shahriga olib kirishgacha muvaffaq bo‘lgan. 1 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalarini olib kirayotgan jarayonda o‘sha chegaradosh hududdan Toshkent shahrigacha bo‘lgan masofada nahotki hech kim guvoh bo‘lmagan? Uning bitta o‘zi yelkasida ko‘tarib olib kirmayapti-ku, haydovchi bor yonida yordam berayotgan”, deya ta’kidlagan qo‘mita matbuot kotibi.
Iyul oyida Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy tunnel aniqlangani xabar qilingandi. 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumani «O‘rikzor» MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani «Do‘stlik» aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etgan. Tunnel hatto havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
-
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
Jahon | 09:37
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
Mavzuga oid

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi

12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi

07:34 / 23.12.2024