Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat»ga yangi rais tayinlandi
Sanjar Sattorov «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Aksiyadorlik jamiyatining oldingi raisi Anvar Jo‘rayev fevral oyi boshida qamoqqa olingan edi.

Foto: Toshshahartransxizmat
Sanjar Sattorov «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sanjar Sattorov 1979 yil 15 noyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavr bosqichini, 2005 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutida magistratura bosqichini avtotransport vositalaridan foydalanish, avtotransportda xalqaro yuk tashish yo‘nalishini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining turli lavozimlarida, Transport vazirligi tasarrufidagi Uzautotrans Service MChJ bosh direktori, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida «Toshshahartransxizmat» AJ raisi (bir vaqtning o‘zida Transport vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi. U avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishda ayblangan. Anvar Jo‘rayev 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» raisi bo‘lgan, biroz muddat ishdan olinib, 2019 yilda yana shu lavozimga qaytarilgan.
Shuningdek, Mirakbar Ikromov Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirakbar Ikromov 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent aviatsiya institutining marketing yo‘nalishini tamomlagan. Tayinlovga qadar u Transport vazirligi Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
-
YeK: Kiyev korrupsiyaga qarshi organlar mustaqilligini saqlashi kerak
Jahon | 15:12
-
Sheremetevoda yana kollaps yuzaga keldi. 50 ga yaqin reys bekor qilingan
Jahon | 14:52
-
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi
Ta’lim | 14:48
Mavzuga oid

12:58
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

18:27 / 15.01.2025
“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari

15:22 / 15.01.2025