Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
U oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilgani holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln so‘m zararni o‘zi bartaraf qilib berishni va’da qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, «Toshkent viloyati suv ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatining Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilgani holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 million so‘m zararni o‘z hamkasbi orqali bartaraf qilib berish evaziga 1600 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. o‘z xizmati uchun ushbu pul mablag‘idan 1300 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Boshqa holatda esa Yangiyo‘l tumanida yashovchi 41 yoshli A.S. 2021 yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali o‘ziga va olti nafar qarindoshiga dehqonchilik yo‘nalishida foydalanish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini 45 yoshli I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qilgan. Fuqaro A.S. oldindan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlangan. Aniqlanishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

11:37 / 09.08.2025
Mashina ustiga chiqib salyut uchirgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

10:16 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi

14:44 / 06.08.2025
Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi

22:08 / 05.08.2025