Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
AEXA boshqaruvchilar kengashi rezolyutsiya qabul qildi, unga ko‘ra Grossi 2025 yil bahorigacha Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi. Tehron bu harakatni tanqid qildi.

Foto: Askin Kiyagan/Anadolu/picture alliance
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) boshqaruvchilar kengashi 21 noyabr, payshanba kuni rezolyutsiyani qabul qildi, unga ko‘ra tashkilot rahbari Rafael Grossi 2025 yil bahorigacha Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha hisobot tayyorlashi kerak.
Yaponiyaning NHK media-kompaniyasi o‘z veb-saytida yozganidek, hujjat 2019 va 2020 yillarda aniqlangan deklaratsiya qilinmagan obektlarda uran izlari borligi kabi masalalarni o‘rganadi. Bundan tashqari, rezolyutsiyada Eron AEXA bilan hamkorlik qilmayotgani uchun qoralanadi va agentlik Islom Respublikasining yadroviy faoliyati haqida keng qamrovli hisobot chop etishga chaqiriladi.
Rezolyutsiya Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan tayyorlangan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hujjat AEXA boshqaruvchilar kengashiga a’zo 19 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yana 12 davlat betaraf qoldi. Rossiya, Xitoy va Burkina Faso rezolyutsiyani rad etdi.
Eron yadro dasturiga oid savollar
AEXA inspektorlari bir necha yillardan beri Tehrondan yadroviy qurol yaratish niyati yo‘qligi haqida dalillar olishga urinib kelishgan. 21 noyabr kuni AEXA boshqaruvchilar kengashi Eron tashkilot bilan hamkorlik qilishdan bosh tortayotganidan «chuqur xavotir» bildirdi. G‘arb diplomatlari ogohlantirganidek, Tehron bu yo‘ldan qaytmasa, Grossining hisoboti muammoni hal qilishga BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘shilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. AEXA boshqaruvchilar kengashining o‘zi sanksiyalar qo‘ya olmaydi, ammo BMT Xavfsizlik Kengashida bunday imkoniyat bor, deya tushuntiradi dpa agentligi.
Avvalroq Tehron o‘z tomonidan ikki xil imtiyozlar berish imkoniyatini ko‘rsatgan edi: uran qazib olishni cheklash, shuningdek, AEXAning qo‘shimcha inspektorlariga viza berish. AEXA ma’lumotlariga ko‘ra, Eron o‘zining yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini cheklashni G‘arb davlatlari ushbu mamlakatga qarshi rezolyutsiya qabul qilishdan bosh tortish sharti bilan taklif qilgan, deb yozadi NHK.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eronning sanksiyalari va Suriya – Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?
Jahon | 19:14
-
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi
Jahon | 19:06
-
90 yillik an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
O‘zbekiston | 18:59
-
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

14:35
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025