Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narzullo Oblomurodov Agrar universitet rektori etib tayinlandi
2021 yilgi saylovda O‘zbekiston prezidentligiga nomzod bo‘lgan Narzullo Oblomurodov faoliyatini Toshkent davlat agrar universiteti rektori sifatida davom ettiradi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
Narzullo Naimovich Oblomurodov Toshkent davlat agrar universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitetda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Narzullo Oblomurodov 2021 yilgi prezidentlik saylovida Ekopartiya nomzodi sifatida qatnashib, 4,1 foiz ovoz bilan 5 nafan nomzod orasida 4-o‘rinni egallagan edi.
Saylovdan keyin u Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tkazilgan, 2023 yil yanvaridagi ma’muriy o‘zgarishlar ortidan tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan, o‘sha yil iyunda lavozimini tark etib, iyulda Toshkent moliya instituti prorektori sifatida ish boshlagandi.

Oradan bir yil o‘tib, 2024 yil iyunida Oblomurodov Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori etib tayinlangan edi.
Ayni paytda universitet saytida Islomov Sohib Yaxshibekovich rektor vazifasini bajaruvchi deb ko‘rsatilgan.
- Oblomurodov TDAU rahbarligiga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlangan. Bosh vazir matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu tayinlov bilan birga, Sevara Bahodirovna Shokirova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

15:59 / 25.07.2023
Narzullo Oblomurodov institut prorektori sifatida ish boshladi

11:30 / 21.08.2022
“Ekologiya sohasida hali yuqori standartlarga o‘tmadik” - Narzullo Oblomurodov bilan suhbat

17:49 / 30.12.2021
Ekopartiya raisi Ekoqo‘mita raisi etib tayinlanadi

21:51 / 15.09.2021