Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi
Loyiha mualliflariga ko‘ra, ushbu osmono‘par bino nafaqat shtab-kvartira, balki 60 ming kishiga uchun ofis xonalariga ega korporativ kampus hamda savdo zali sifatida ham faoliyat yuritadi.

Foto: Skidmore, Owings & Merrill
SOM arxitektura byurosi Xitoydagi yirik sanoat kompaniyalarining biridan shtab-kvartira qurish bo‘yicha buyurtma oldi va osmono‘par binoning 270 metrli loyihasini taqdim etdi.
Baland bino 53 qavatdan iborat bo‘lib, Shenchjen shahri markazidan o‘rin oladi. Uning o‘ziga xosligi— panoramali ko‘rinishga ega bog‘ funksiyasini bajaruvchi markaziy lobbisidir.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, osmono‘par bino nafaqat shtab-kvartira, balki 60 ming kishiga uchun ofis xonalariga ega korporativ kampus hamda savdo zali sifatida ham faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, birinchi navbatda ekologik qulayliklar inobatga olingan. Intererlar esa tog‘ peyzajlari uslubida ko‘rinish oladi.
Bundan tashqari, zamonaviy binolardagi kabi energosamarador va ekologik texnologiyalar ham e’tibordan chetda qolmagan. Intellektual tizimlar kunduzgi yorulug‘lik miqdorini hisobga oladi va shu orqali bino ichidagi energiya iste’molini nazorat qiladi. Suv resurslarini boshqarish tizimi esa maksimal darajada suvni tejab, chiqindilarni samarali qayta ishlashga intiladi.
Aftidan, SOM byurosining osmono‘par binosi loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan qurilish ishlari 2029 yilda yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025