Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
Haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Urgut tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir etib uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 29 iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanidan o‘tuvchi «Urgut — G‘o‘s - Avazmergan» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
2003 yilda tug‘ilgan haydovchi «Cobalt» avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi «Damas» bilan to‘qnashgan.
Oqibatda «Damas» haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida, yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yana ikki nafar yo‘lovchi va «Cobalt» haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudida qoidalarni buzib odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan 21 yoshli haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib odamlar o‘limiga sababchi bo‘lish) bilan aybdor deb topilgan.
“Millar” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, sud haydovchiga 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etib, 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

18:33 / 22.07.2025