Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaspi.kz Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishdagi ishtirokini to‘xtatdi
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokini to‘xtatdi. Kompaniya O‘zbekiston raqamli transformatsiyasida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni izlashda davom etishini bildirgan.

Foto: Ruslan Pryanikov
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Kompaniya O‘zbekiston raqamli transformatsiyasida ishtirok etish uchun imkoniyatlarni izlashda davom etishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Kaspi.kz AQShning NASDAQ fond birjasida IPO o‘tkazdi va bu so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallashuvi taxminan 24 milliard dollarni tashkil etadi.
«Humo» to‘lov tizimi haqida
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat to‘lov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd so‘m.
Ayni paytda 27 milliondan ortiq Humo kartalari chiqarilgan bo‘lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan.
Aprel oyida O‘zbekistonda yangi xususiylashtirish dasturi e’lon qilingandi. Undan bir qator yirik davlat korxonalari qatorida Humo to‘lov tizimini ham xususiylashtirish rejalari o‘rin olgan.
Iyul oyida Davaktiv Humo davlat to‘lov tizimini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini e’lon qildi. Davlat ulushi «muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish» usuli orqali sotilishi aytilgandi. Avgust oyida Kaspi ushbu jarayonda ishtirok etish niyati borligini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilar jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:09
-
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 15:01
-
Xitoy O‘zbekiston hududida data markazlar qurishi mumkin
O‘zbekiston | 14:26
-
Germaniya Zarafshon daryosi havzasida zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etadi
O‘zbekiston | 14:25
Mavzuga oid

17:09 / 17.07.2025
Bloomberg: O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025