Estoniyada aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘paygani e’lon qilindi
2023 yildan mamlakatda jinoyatchilik 4 foizga oshgan. Shunga qaramay, Estoniya «Yevropa trendidan chiqib ketmayapti», chunki YeIda «jinoyatchilik ancha yildan beri o‘sib keladi».

Foto: AP
2023 yildan Estoniyada ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tufayli jinoyatchilik ortmoqda, xususan, odamlar pul yetishmayotgani sabab o‘g‘rilikka ko‘proq qo‘l uryapti, deydi mamlakat adliya va raqamli texnologiyalar vaziri Liisa-Li Pakosta.
«Jinoyatchilik o‘n yil davomida kamaydi, ammo o‘tgan yildan o‘sishni boshladi. Avvallari biz jinoyatchilik darajasi kamaygan kam sonli davlatlardan biri edik», — deydi vazir. Pakostaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlar sonining oshishi qariyb 4 foizni tashkil etgan bo‘lib, umumiy jinoyatlarning 25 foizi — firibgarlik holatlaridir.
Vazirning aniqlik kiritishicha, Estoniya «Yevropa trendidan chiqib ketmayapti», chunki YeIda «jinoyatchilik ancha yildan beri o‘sib keladi». «Shuni ta’kidlashimiz kerakki, tahlilchilar Estoniyada jinoyatchilik o‘sishining asosiy omili ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashayotganiga bog‘liq ekanini aytmoqda. Afsuski, o‘g‘rilik qilayotgan insonlar soni ham oshgan, chunki ularga oziq-ovqat va birlamchi zaruriy vositalarini xarid qilishga pul yetmayapti», — deydi Liisa-Li Pakosta.
Yanvar oyida Estoniya politsiya va chegara qo‘riqlash departamenti oziq-ovqat va velosipedlarni o‘g‘irlashlar soni ortganini ma’lum qilgandi. «Bir yil ichida mulkiy jinoyatlar soni ortdi. Ular orasida o‘g‘rilik, firibgarlik, kiberfiribgarlik va rastratalar ustunlik qilmoqda» — deyilgan edi xabarda. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 10 ming aholiga nisbatan eng ko‘p o‘g‘rilik holatlari Tartumaa, Xaryumaa, Ida-Virumaa va Valgamaa tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
2024 yil boshida Estoniya yillik inflatsiya darajasi bo‘yicha yevrohudud mamlakatlari orasida uchinchi o‘rinni egallagan — u 4,4 foizni tashkil etgan. Narxlar asosan Ruminiya (7,1 foiz) va Xorvatiyada (4,8 foiz) qimmatlashgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, inflatsiyaga asosan xizmatlar, oziq-ovqat, alkogol, tamaki mahsulotlari, shuningdek, noenergetika sanoat tovarlari narxlarining oshishi sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Mavzuga oid

10:05 / 21.06.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada mudofaa chizig‘ini qurishni boshladi

23:16 / 05.06.2025
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi

13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi

15:19 / 16.05.2025