Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hujjat tayyorladi, unga ko‘ra politsiyaning vakolatlari kengaytiriladi. Bundan buyon politsiyaning vazifalari qatoriga «an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash» ham kiradi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya politsiyasining vakolatlari kengaytiriladi — Rossiya Ichki ishlar vazirligi buyruq loyihasini tayyorladi, unga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlarining vakolatlari bundan buyon «an’anaviy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash»ni o‘z ichiga oladi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida 8 noyabr, juma kuni e’lon qilindi.
Tushuntirish xatida taklif etilayotgan o‘zgartirishlar budjet tizimining daromadlari yoki xarajatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi, Ichki ishlar vazirligining qo‘shimcha vazifalari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi qayd etilgan. Vazirlik «an’anaviy qadriyatlarni mustahkamlash va asrab-avaylash» bilan qanday shug‘ullanishi aniq emas.
Hozirgi vaqtda Rossiya Ichki ishlar vazirligining vazifalari rossiyaliklar va chet el fuqarolarining hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va mulkini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Rossiyada «an’anaviy qadriyatlar» himoyasi
«An’anaviy qadriyatlar» ta’rifi 2022 yil avgust oyida Rossiya prezidenti Putin tomonidan tasdiqlangan davlat siyosati tamoyillarida berilgan. U yerda quyidagi qadriyatlar sanab o‘tilgan: vatanparvarlik, mustahkam oila, ma’naviyatning moddiy narsalardan ustunligi, tarixiy xotira, avlodlar davomiyligi, shuningdek, Rossiya xalqlarining birligi.
«An’anaviy qadriyatlarga nomuvofiqlik» ijtimoiy va madaniy sohalarda ta’qiblarga asos bo‘ldi. «Rossiyaning an’anaviy qadriyatlari»ga tahdidlar qatorida ekstremistik va terroristik tashkilotlar, AQSh va boshqa do‘st bo‘lmagan davlatlar, bir qator transmilliy korporatsiyalar va xorijiy notijorat tashkilotlari ham tilga olinadi.
Sentyabr oyining o‘rtalarida Rossiya hukumati rossiyaliklar uchun begona qadriyatlarni ilgari surayotgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxatga 47 ta davlat, jumladan, AQSh, Kanada, Ukraina va Yevropaning aksariyat davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kiradi.
Mavzuga oid

16:48
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin

16:33
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi

15:26
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi

15:24