«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining yetakchilari ishtirokidagi sammiti o‘tkazildi. A’zo 5 davlat, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Vengriya rasmiylari unda qatnashdi. Qirg‘izistonlik siyosatshunos fikricha, sammitda standart mavzular muhokama qilindi.

Tuzilmaning yagona yutug‘i – turkiy dunyoni birlashtira olgani. Ekspert Fazliddin Madiyev esa tashkilot harbiy hamkorlik qilishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev so‘zga chiqarkan, turkiy dunyo loyihalariga to‘siq bo‘layotgan keskin geosiyosiy vaziyatga to‘xtaldi. Dunyoda davom etayotgan urushlarga munosabat bildirib, G‘azo sektori va Livandagi gumanitar fojiani, tinch aholi qurbon bo‘layotganini oqlab bo‘lmasligini aytdi. Isroilning UNRWA faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni O‘zbekiston keskin qoralashini yetkazdi.
Qozog‘iston prezidenti Bishkekka Fransiyadagi davlat tashrifini yakunlab, yetib keldi. Ozarboyjon prezidenti nutq so‘zlarkan, tashkilot budjeti yetarli emasligini, shuning uchun 2 million dollar berishini, Oqsoqollar kengashi faoliyati uchun yana 100 ming dollar ajratishini aytib o‘tdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an esa o‘z chiqishida G‘azodagi urushni turkiy davlatlar keskin rad etishini aytib o‘tdi. Bilasiz, O‘zbekiston bu tashkilotga 2019 yilda qo‘shilgan. Davlatning birinchi ma’muriyati tuzilmaga kirish taklifini rad etgan.
Qirg‘izistonlik siyosatshunos Aslan Mamatga ko‘ra, tuzilmada prioritet iqtisodiyot va xavfsizlik.
«Muhokama markazida doimiy, standart mavzular — siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik. Raislik Qirg‘izistonga o‘tgan hamda mahalliy siyosatchilar so‘zlari va Qirg‘iziston asosiy sammit oldidan o‘tkazgan tadbirlar ketma-ketligiga qarasak, Bishkekning asosiy urg‘usi iqtisodiyotga bo‘lyapti. Tashkilot bosh kotibi Quvonchbek O‘muraliyev yalpi sessiyadan avval Investitsion fond o‘z ishini boshlashini e’lon qildi. Fond budjeti hozir 500 mln dollar. Ikkinchi asosiy masala xavfsizlikdir», — deydi Aslan Mamat.
Ekspert Fazliddin Madiyevga ko‘ra, ideologik jihatdan turkiy dunyo bir-biridan farq qiladi. Bugun dunyo talabidan kelib chiqib harbiy sohada ham hamkorlik qilish kerak. Chunki tuzilmadagi Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon yirik harbiy potensialga ega. Himoya va mufodaa bo‘yicha yaqinlik lozim, deydi u.
Aslan Mamatning qo‘shimcha qilishicha, oradan 15 yil o‘tib, tuzilmaning yagona katta yutug‘i turkiy dunyoni bir joyga yig‘a olganida.
«Tashkilotning yutuqlarini nisbiy sanasak bo‘ladi, xolos. Tuzilmada 6 turkiy davlatdan 5 tasi jamlangan. Shulardan O‘zbekiston ham faqat 2019 yilga kelibgina a’zo bo‘lishga qaror qildi. Ularning hozircha yagona yutug‘i — turkiy dunyoni birlashtiruvchi tashkilot tuza olganida. Yagona alifbo, yagona valutani yaratish kabi aniq integratsion qadamlar haqida hali gapirishga erta», — deydi siyosatshunos.
Sammit yakuni bo‘yicha jami 8 hujjatlar imzolangan. Bishkekka tashkilotning raqamli poytaxti maqomi, Vengriya bosh vaziriga esa Turkiy dunyo oliy ordeni berilgan.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
-
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti
O‘zbekiston | 13:53
-
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 13:34
-
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 13:30
Mavzuga oid

18:31 / 27.06.2025
Shavkat Mirziyoyev YeOII yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi

17:25 / 27.06.2025
YeOII bilan manfaatli hamkorlikni kengaytirish iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi – prezident

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

16:21 / 22.05.2025