Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp o‘zbekistonliklar uchun ham yaxshi tanish. Uning hokimiyatga kelishi Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega? "Geosiyosat" da tahlilchilar Shuhrat Rasul, Oybek Sirojov va Farhod Karimov mavzu yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Saylovda Donald Tramp g‘alaba qozondi, aslida biz uchun Harris qulay edimi yoki Tramp?
Shuhrat Rasul: Janob Tramp prezidentligi davrida O‘zbekiston davlat rahbari bilan juda yaxshi aloqalarga ega edi va aynan Tramp davrida davlat kotibi bo‘lgan Maykl Pompeo Markaziy Osiyoga tashrifi davomida O‘zbekiston suvereniteti va uning mustaqilligini AQSh qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Ya’ni xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston uchun jiddiy o‘zgarish bo‘lmaydi.
Oybek Sirojov: Trampning prezidentlikka qaytib kelgani bu Markaziy Osiyo hamda O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi omil, Tramp qarorlarini va xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘ziga xos bir shaxs. Shunday yondashuvlar bilan bemalol u Rossiyani cheklab tura oladi. Ya’ni masalan, Ukraina va Rossiya o‘rtasida ma’lum bir kelishuvlar bo‘lsa va ana shu kelishuvlar doirasida Rossiyaga, albatta, shartlar qo‘yiladi. Demak, mana shu hududlarni olding, bo‘ldi endi, undan keyin sobiq sovet davlatlariga harbiy tahdidga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, degan yondashuvni ilgari surishi mumkin.
Ikkinchi jihati, Tramp davrida katta ehtimolga ko‘ra AQShning Xitoy bilan munosabatlari jiddiylashadi. Demak, bu biz uchun, Markaziy Osiyo uchun ahamiyatli.
Uchinchidan, Tramp saylovoldi chiqishlarida Afg‘oniston masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi va aytilgan ediki, Afg‘onistonda umuman Bayden sharmandalarcha chiqdi va bu masalani biz hokimiyat tepasiga kelsak joyiga qo‘yamiz, degandi. To‘g‘ri, bugun Afg‘onistonga qo‘shin kiritish masalasi tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada, lekin Afg‘onistonni hozirgi hukumatiga yoki u yerdagi ma’lum bir masalalarga nisbatan ma’lum bir tiyib turish siyosati yuritilishi mumkin.
Farhod Karimov: AQShning Markaziy Osiyo borasidagi siyosati qaysi partiya vakili hukumronlikka kelishi yoki qaysi shaxs prezident bo‘lishidan qat’i nazar, tashqi siyosati keskin o‘zgarmaydi. Lekin aynan Trampning Xitoyga bo‘lgan munosabatini hisobga olish kerak.
Ya’ni Tramp Markaziy Osiyoni AQSh va Rossiya o‘rtasidagi raqobat muhiti yoki hudud deb bilmaydi-da. Fikrimcha, Markaziy Osiyo Xitoy bilan AQSh o‘rtasida qaysidir ma’noda juda ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni bizning makon davlatlarining tashqi siyosatida va bu yerda dunyodagi yirik ikki qudrat geosiyosiy manfaatlari to‘qnashmasligi uchun ham har qanday masalani amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi.
Aynan Rossiya emas, Xitoy omili nuqtai nazaridan bu Afg‘onistonda yaqqol seziladi, chunki bugun Afg‘onistonga juda ham katta shiddat bilan kelayotgan davlat bu – Xitoy. Mana shuning uchun ham AQSh birinchi o‘rinda Afg‘onistonga diqqatini qaratadi.
Ko‘rsatuv bilan to‘liq Youtube kanalimizda tanishing.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

14:49
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

14:46
Reuters: AQSh Trampning buyrug‘i bilan birinchi marta Ukrainaga qurol yuboradi

12:30
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor

11:21