Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden va Kamala Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi
AQShning amaldagi prezidenti hokimiyatni topshirish masalasini muhokama qilish uchun Donald Trampni Oq uyga taklif qildi.

Foto: Bloomberg
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Associated Press agentligi Harrisning maslahatchisiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zaro suhbat davomida Harris hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish masalasiga e’tibor qaratgan.
Shuningdek, agentlikning yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ham Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni tabriklagan va hokimiyatni topshirish masalasini muhokama qilish uchun Oq uyga taklif etgan.
Oq uyning ma’lum qilishicha, xodimlar «yaqin kunlarda» uchrashuv sanasini muhokama qiladi. Bayden saylov natijalari bo‘yicha 7 noyabr kuni Amerika xalqiga murojaat qilishni rejalashtirgan.
6 noyabr kuni ertalab 78 yoshli Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylovdan keyin 73-79 kun ichida yangi prezident o‘z lavozimiga kirishishi va prezidentlik qasamyodini qabul qilishi kerak.
78 yoshli Donald Tramp AQSh tarixida saylovlardagi mag‘lubiyatdan keyin Oq uyga qaytishga erishgan ikkinchi sobiq prezident bo‘ladi: Tramp 2016 yilgi saylovda g‘olib chiqqan, ammo 2020 yil yutqazgandi. Qo‘shma Shtatlarning bunday natija qayd etgan birinchi prezidenti Grover Klivlend bo‘lgandi — u ham 1884, 1888 va 1892 yillarda qatorasiga uch kampaniyada ishtirok etgan, ammo ikkinchi saylovida yutqazgandi. Hozirda Tramp ham Jo Baydenning 2020 yilgi saylovlardan keyin lavozimga kirishgan yoshida. O‘shanda Bayden eng keksa davlat rahbari bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

12:56
Tramp Shotlandiyada: shamol turbinalari va migratsiya Yevropaga tahdid solmoqda

23:31 / 25.07.2025
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi

19:39 / 25.07.2025
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

07:29 / 25.07.2025