Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi. Shuningdek, har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida «Jasorat maktabi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
30 sentabr kuni prezident Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchilar bilan muloqot qilgan edi. Davlat rahbari ushbu uch yo‘nalishning shaxs kamolotidagi o‘rniga ahamiyat qaratib, ularni o‘qitishni takomillashtirish dolzarbligini ta’kidlagandi.
Masalan, maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.
«Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda. Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi», — deyiladi xabarda.
«Turon maktab teatri»ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda «Iqtidor» havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.
Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
«Yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish ham muhim. Maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari o‘rgatiladi. Lekin jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar yo‘q. O‘quvchilarni seleksiya qilish tizimli emas.
Shuning uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, o‘quv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Qayd etilishicha, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.
«Bugun zamonning o‘zi har bir fuqarodan vatanparvar bo‘lishni taqozo etmoqda. Bunda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar, chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.
Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin ularning 27 foizi nomutaxassis. 2 ming 750 ta maktabda ushbu fan uchun sharoit yetarli emas», — deyiladi xabarda.
Shu bois endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.
Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida «Jasorat maktabi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mutasaddilar shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi. Oliy o‘quv yurtlarida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashni tubdan o‘zgartirish, malaka talablari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
-
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Jamiyat | 13:11
-
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

10:41 / 26.06.2025
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi

10:10 / 29.05.2025
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi

19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

20:13 / 06.05.2025