Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklif qilindi
Qozog‘istonlik deputat Qaraqat Abden, shuningdek, mamlakat hukumatiga pul to‘lanadigan «dekret» ta’tilini ikki yilgacha uzaytirish taklifi bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foto: Pexels
Qozog‘istonda Skandinaviya davlatlari tajribasidan kelib chiqib ayollar uchun ish vaqti qisqartirilishi mumkin. Deputat Qaraqat Abden mamlakat bosh vaziri Oljas Bektenov nomiga shu kabi taklifni bildirdi.
Abden o‘zining deputatlik so‘rovida so‘nggi yillarda Qozog‘istonda ayollar yetakchiligi sohasida davlat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar o‘tkazilganini qayd etdi.
«So‘nggi yillarda ayol tuman hokimlari soni 8 foizga oshdi, ayollar rahbarlik lavozimlariga yanada dadil va qat’iy o‘ta boshladi. Ammo ko‘rilayotgan ushbu qadamlarga qaramay, bu boradagi o‘zgarishlar sanoqli ko‘rsatkichlarni tashkil etmoqda, bizga tizimli o‘zgarishlar kerak», — deydi Abden.
Deputat o‘z so‘rovida keltirgan statistikaga ko‘ra, 2024 yilda davlat xizmatchilari orasidagi ayollar soni 55,7 foizni tashkil etgan, ammo ularning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi kam — 20,3 foiz. Shu bilan birga, Abden mamlakat mustaqillikka erishgandan beri siyosiy lavozimlarni egallagan ayollar ulushi hech qachon 15 foizdan oshmaganini ta’kidladi.
Deputat hukumatga ayollar yetakchiligini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator takliflarni bildirdi. Xususan, Qaraqat Abden pul to‘lanadigan «dekret» ta’tilini ikki yilgacha uzaytirish, shuningdek, Skandinaviya davlatlari tajribasidan kelib chiqib ayollar uchun ish vaqtini qisqartirishni taklif qildi.
«Bu oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi, ayollar farzand tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratadi», — deydi u.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

13:48 / 18.07.2025
Ayrim temiryo‘l xodimlarining ish vaqti rejimi tartibga solindi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025